Azotli sikl nima?
Azot insonga nima uchun kerak?
2 min
Bu nima?

Yerdagi barcha tirik mavjudotlar isteʼmolga yaroqli holatdagi azotga muhtoj. U odamlar uchun boʻlgani kabi oʻsimlik va hayvonlar uchun ham muhimdir. Azot inson tanasi uchun qurilish materiali boʻlgan oqsilning tarkibiy qismidir. Bu moddasiz hech kim oʻsmagan  va shikastlangan toʻqimalarini tiklay olmagan boʻlar edi.

Biz nafas olayotgan havoning 21 foizi kislorod boʻlsa, azot uning 78 foizini tashkil qiladi. Yer yuzining bir kvadrat kilometrida taxminan 7 200 000 tonna azot bor. Bu rangsiz, taʼmsiz va hidsiz gaz boʻlib, suvda qiyin eriydi. Azot atrofimizdagi havoda hamma joyda boʻlganligi tufayli tirik mavjudot uchun uni olish juda oson boʻlib tuyulishi mumkin. Ammo odam organizmi toza azotdan foydalana olmaydi. Nafas olganda u kislorodni yutadi. Shuning uchun azot faqat boshqa moddalar bilan birgalikda birikmalar hosil qilgandagina foydalidir.

Tabiatda havodan toza azotni oʻzlashtira oladigan atigi bir nechta oʻsimlik mavjud. Bularga dukkaklilardan boʻlmish loviya, noʻxat va bedadir. Ammo barcha oʻsimliklar oʻzi oʻsayotgan tuproqdagi oddiy azotli birikmalardan foydalanishga qodir. Shuning uchun tabiatda oʻsimlik va hayvonlar hayotini taʼminlashga imkon beradigan azot aylanishi mavjud. Oʻsimliklar tuproqdan oddiy azotli birikmalarni olib, oqsil hosil qilish uchun ularni uglerod bilan bogʻlaydi. Hayvonlar esa azotni oʻsimliklarni isteʼmol qilish orqali oladi.

Azot yerga chiqindi shaklida qaytadi. Muayyan bakteriyalar bu chiqindilarni yana oddiy azotli birikmalarga aylantiradi va oʻsimliklar ularni yana ishlatishi mumkin. Azot aylanishi shu shaklda tugaydi. Shuningdek, azot zaxiralari havodan azotni olib, tuproqni u bilan toʻydiradigan bakteriyalar yordamida ham toʻldiriladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!