“Stoletnik” nomi qanday paydo bo‘lgan?

Ushbu oʻsimlikning ilmiy nomi “Agava” bo‘lib, uni “Stoletnik” (yuz yillik) deb xato aytishadi. Koʻpchilik bu oʻsimlik faqat yuz yoshga toʻlganida gullaydi deb hisoblaydi. Aslida uning gullashi har bir oʻsimlikning individual xususiyatlariga va u oʻsadigan sharoitlarga bogʻliq. Juda issiq mamlakatlarda agava bir necha yilda bir marta gullaydi.

Salqinroq iqlim sharoitida oʻsimlik faqat 40—60 yoshida yetiladi. Agava asosan Meksikada oʻsadi, lekin AQShning janubi va gʻarbida, shuningdek, Markaziy va tropik Janubiy Amerikada ham uchraydi. Bu oʻsimlik uchi oʻtkir qalin va etli barglarning katta “rozetka”ga ega. Poyasi odatda shunchalik kaltaki, barglar toʻgʻridan toʻgʻri ildizdan oʻsib chiqqanga oʻxshaydi. Gullash davrida barglar qoq markazidan juda koʻp mayda gullar bilan qoplangan uzun poya yoki  “machta” oʻsib chiqadi. Shubhasiz, bu gullashga oʻsimlik katta kuch sarflash evaziga erishadi va buning uchun oʻsishi davrida uch yil davomida etli barglarida kerakli ozuqa moddalarini toʻplaydi. 

Agavaning gʻayrioddiy oʻsishi undan qiziqarli tarzda foydalanishga imkon beradi. Oʻsimlik novdalari juda tez oʻsadi va bu vaqtda esa yosh novda asosiga oʻsimlik sharbati oqimi kelishi kuzatiladi. Meksikaliklar bu novdani gullashidan oldin uzib oladi. Keyin oʻsimlik markazida chuqurcha qilinadi va u yerda koʻp miqdorda shirin sharbat toʻplanadi.

Bu sharbat “aguamiel” deb nomlanadi va u choʻchqa terisidan yasalgan idishlarda markaziy omborga oʻtkazilib, u yerda fermentatsiya uchun qoldiriladi. Muayyan vaqt oʻtgach u oqish va quyuq holatga keladi. Sharbat tarkibidagi shakar alkogolga aylanadi va natijada meksikaliklarning milliy ichimligi boʻlgan, koʻpchilik tomonidan foydali, toʻyimli hisoblanadigan “pulke” hosil boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!