Yeryong‘oq qanday o‘sadi?

Yeryongʻoqning yopiq qoʻzogʻiga qarab uning noʻxat yoki loviyaga juda oʻxshashligini koʻrish mumkin. Haqiqatan yeryongʻoq ham ular bilan bir oilaga mansub. Yeryongʻoq tup boʻlib oʻsadi va uning gullari noʻxat gullariga oʻxshaydi. Barglari quriganidan soʻng qoʻzoqning bir qismi sezilarli darajada oʻsadi va uchi tuproqqa botadi. U yerda bu uch kattalashib, urugʻlar pishib yetiladi. Agar yeryongʻoq yig‘ishni istasangiz, uni yerdan qazib olishingizga toʻgʻri keladi. Yeryongʻoq bizga qayerdan kelgan? Uning ehtimoliy vatani — Janubiy Amerika. Bu juda qadimgi oʻsimlik.

Perudagi tarixdan ilgarigi qabrlarda yeryongʻoq va uning naqshlari bilan bezatilgan idishlar topilgan. Katta ehtimol bilan ular u yerdan Afrikaga, keyin esa AQShga kelib qolgan. Bugungi kunda yeryongʻoq AQShning janubida Floridadan Kaliforniyaga qadar, shimol tomonga qarab esa AQShning poytaxti Vashingtongacha yetib boradigan katta hududda yetishtiriladi. Shuningdek, u Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikada ham yetishtiriladi. Qizil rangdagi katta qoʻzoqli virgin yongʻoqlari hamda ancha kichikroq ispan va Shimoliy Karolina yongʻoqlari yeryongʻoqning keng tarqalgan navlari hisoblanadi. Yeryongʻoqning normal oʻsishi uchun sovuq boʻlmagan uzoq davr kerak. U uzoq muddatli qurgʻoqchilikka bardosh bera oladi va foydali ekin boʻlib, gektariga 100 dan 150 gektolitrgacha hosil beradi.

Yeryongʻoqdan yongʻoq yogʻini tayyorlashda foydalanilib, nimtuzlangan yoki qovurilgan shaklda qandolatchilikda ishlatiladi. Biroq u boshqa koʻplab hollarda ham qoʻllanadi. Yeryong‘oq yogʻi sabzavotli salat, shoʻrva va margarinlarga qoʻshiladi. Shuningdek, u bilan uy hayvonlari ham boqiladi. Boʻyoq, siyoh va rezina oʻrnini bosuvchi moddalarda ishlab chiqarishda ham yeryongʻoqdan foydalaniladi. Yeryongʻoq kuzning oxirida ekilib, sovuq tushmasdan mashinalar yordamida yigʻib olinadi. Quritilgandan keyin qoʻzoqlar ham mashinalar tomonidan poʻstlogʻidan ajratiladi. Baʼzida yeryongʻoqni qazib olish uchun dalalarga choʻchqalar qoʻyib yuboriladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!