Uglerodli sikl nima?
Uglerodli sikl qanday yuz beradi? Uglerodli sikl haqida ma'lumot
2 min
Bu nima?

Ehtimol, uglerod insonga maʼlum boʻlgan barcha kimyoviy elementlar orasidagi eng qiziqarli moddadir. Masalan, kristall shaklida u bizga eng qimmatbaho toshlardan biri — olmos sifatida uchrashini bilasizmi? Uglerod grafit shaklida qalam tayyorlash uchun ishlatiladi. Bizning texnika asrimizda issiqlik va energiyaning manbai boʻlgan koʻmir ham asosan ugleroddan iborat. Ammo bundan ham muhimi, uglerod hayotni taʼminlash uchun zarurdir. Barcha tirik mavjudotlarning tanasi uglerodli birikmalardan iborat.

Olimlarning fikriga koʻra, har qanday miqdordagi uglerod topilgan joyda katta ehtimol bilan, hayot mavjud boʻlgan. Uglerodli sikl bu — uglerodning uzluksiz ravishda yoʻq boʻlishi, ishlatilishi va tirik mavjudotlar bilan almashtirilish jarayoni. Bu quyidagicha roʻy beradi. Havoda karbonat angidrid gazi mavjud. Oʻsimliklar bu gazdan uglerodni ajratib olib, undan ildiz, tana va barglarini shakllantirish uchun foydalanadi. Hayvonlar uglerodni ozuqa bilan oʻsimlik, sabzavot, meva yoki kurtaklardan oladi. Shu bilan birga, karbonat angidrid hayvonlarning nafas olishi va oʻsimliklarning yonishi yoki chirishi bilan havoga qaytadi. Bu bilan uglerod aylanishi bekiladi. Elementlar birlashuvidan birikmalarga ega boʻlamiz. Bizga maʼlum boʻlgan uglerod birikmalarining soni aql bovar qilmas darajada — ularning soni 200 000 dan oshadi. Boshqa elementlarning barchasi bir qilib hisoblanganda ham, ular birgina uglerod kabi bunchalik koʻp birikmalar hosil qila olmaydi.

Buning sababi shundaki, uglerod atomi boshqa elementlarning atomlari bilan turli yoʻllar bilan bogʻlanib, boshqa uglerod atomlari bilan birikib, halqa va zanjirlar hosil qilishi mumkin. Biz kundalik hayotimizda doimiy ravishda uglerod birikmalari bilan aloqada boʻlamiz yoki lardan foqdalanamiz. Nafas bilan oz miqdorda karbonat angidrid olib, koʻproq miqdorda chiqaramiz. Yonuvchan moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, plastmassa, parfyumeriya (shuningdek, oʻnlab va yuzlab boshqa mahsulotlar) uglerod birikmalaridan iboratdir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!