Sholi qanday o‘sadi?

Dunyo aholisining qariyb yarmi deyarli faqat guruch bilan oziqlanishini bilasizmi? Bu odamlarning aksariyati Osiyoda yashaydi, ammo guruch yevropaliklar uchun ham katta ahamiyatga ega. Bir-biridan sezilarli darajada farq qiladigan minglab guruch navlari mavjud. Yovvoyi sholi Kanadaning shimoli-sharqidagi va Qoʻshma Shtatlardagi sayoz koʻllarda oʻsadi. U odam tomonidan yetishtirlib, koʻpchilik isteʼmol qiladigan sholidan ancha farq qiladi. Sholini boshqa donli ekinlar singari tepalikdagi quruq dalalarda ham yetishtirish mumkin.

Ammo pasttekislik sholisi deb ataladigan guruchning katta qismi suv bilan qoplangan tekis va serbalchiq yerda oʻstiriladi. Odatda bunday yer daryo va koʻllar boʻyida joylashgan. Bu yer nafaqat nam, balki sholining oʻsish paytida suv ostida qolishi ham mumkin. Sholi urugʻ uchun maxsus tayyorlangan chuqurchalarga ekiladi. Keyin koʻchatlar cheklar deb ataladigan koʻtarmalar bilan oʻralgan, tekis maydonlarga koʻchiriladi. Soʻngra dalalar har bir maydonini oʻrab turgan devorlardagi maxsus “eshik”lar orqali suv bilan bostiriladi. Sholining yetilish paytiga sholikor suv sathini 13 santimetrdan kam boʻlmagan holda ushlab turishi kerak. Begona oʻtlardan tozalash uchun suv chiqarib yuboriladi va qoʻlda oʻtoq qilinadi.

Keyinchalik hosilni yigʻib olish uchun yashil barglar sargʻaygunga qadar dalalar yana quritiladi. Koʻrib turganingizdek, sholi yetishtirish juda koʻp mehnatni talab qiladi. Guruch birinchi marta qayerda paydo boʻlganini hech kim bilmaydi, ammo bu eng qadimgi ekinlardan biridir. Xitoyliklar 5000 yil oldin ham sholi yetishtirgan. Ammo guruch birinchi marta Hindistondagi koʻl va daryolar boʻyida paydo boʻlib, u yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani ehtimoli ham bor. Sholi Yevropada XV asrda Italiyada yetishtirila boshlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!