20.02.2024
Quyosh bilan solishtirganda, Yer Quyosh tizimidagi barcha sakkizta sayyora kabi qum zarrasi. Axir ularning butun massasi tizim umumiy massasining faqat o‘n to‘rt yuzdan bir foizinigina tashkil qiladi. Quyosh tizimini vizual tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin. Agar Quyosh diametri 10 sm bo‘lgan katta apelsin bo‘lsa, unda biz Yerni apelsindan 10 metr masofa uzoqlikdagi apelsin danagi shaklida, Yupiterni 50 metr masofada olcha shaklida ko‘ramiz, Neptun 300 metr uzoqlikda tariq donasiga qiyoslanadi, Pluton esa 400 metr uzoqlikda. Quyoshga eng yaqin bo‘lgan uchta yulduz, agar berilgan masshtabda kuzatadigan bo‘lsak, 2–3 ming kilometr masofada joylashgan bo‘ladi.
Mana shunday, “apelsin”dan 10 metr uzoqlikdagi, “olcha” – Yupiterdan 5 baravar yaqinroq va hajmini hech nima bilan qiyoslab bo‘lmaydigan, tizimdagi eng uzoq obyekt – Plutonga qaraganda 40 baravar yaqinroq bo‘lgan “apelsin danagi”da biz Yer tabiati deb ataydigan narsa va hodisalarning cheksiz xilma-xilligi mavjuddir. Tabiatning eng yuksak ijodi haqli ravishda hayotning hayratlanarli hodisasi inson bo‘lib, u aqlli, anglovchi, yaratuvchi va, afsuski, atrofidagi tabiat qudratiga teng kuch bilan vayron qiluvchi hamdir.
Yer hamma narsada Quyoshga bog‘liq. U energiya manbaiga juda yaqinligi bois hayotga ham yaqindir. Yer Quyoshdan oʻrtacha 150 million km masofada joylashgan. Bu yorug‘likning atigi 107 diametri xolos. Quyosh nuri bu masofani 8 daqiqada bosib o‘tadi. Yer Quyoshning elektromagnit maydoni bilan o‘ralgan va quyosh shamolining zarralari oqimi bilan nurlanadi. Bizning sayyoramiz, asosan, Quyoshning tashqi toji ichida joylashgan.
Quyosh energiyasi oqimi sirtning har bir kvadrat santimetri uchun daqiqasiga ikki kaloriyadir. Quyosh davomiyligi deb ataladigan bu qiymat yer yuzasining o‘rtacha haroratini aniqlaydi.
U 15 ºC ga teng. Bu go‘yo past haroratga o‘xshaydi, lekin u yulduzlararo fazodagi sovuqdan deyarli 280º ga yuqori. Bu haroratda suv suyuq holatda bo‘ladi, demak, u organizmlarning faol hayotiga imkon beradi. Yer ushbu hayot maydoniga tushib qolgan yagona sayyoradir.
Ko‘rinadigan yorug‘lik yerdagi o‘simliklarning va u orqali barcha tirik organizmlarning hayotini belgilaydi.
Yerdagi ko‘plab hodisalarning davriyligini quyosh faolligi ritmiga bog‘lashadi. Yer Quyoshning “farzandi”dir va u o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lsa-da, o‘ziga xos xususiyatga ega.
Aleksandr Leonidovich Chijevskiy (1887—1964) birinchi bo‘lib quyosh-yer aloqalarini chuqur va har tomonlama o‘rgangan. Uning aytishicha, Quyoshning nurlanish energiyasi atmosfera, gidrosfera va litosferaning sirt qatlamidagi aksariyat fizik-kimyoviy hodisalarning asosiy manbai hisoblanadi. U zilzila, toshqin, po‘rtana, bo‘ron kabi tabiat hodisalarini Quyoshning Yerga ta’siri doirasidagi o‘zgarishlar bilan izohladi. Xususan, bu hodisalar hayot jarayonlariga ta’sir etadi va hatto Quyoshda sodir bo‘layotgan hodisalar bilan Yerdagi odamlar salomatligi, o‘zini his etishi va xulq-atvori o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.