Kompas

Hech bir kema, biron bir samolyot, yangi konlarga yoʻl ochayotgan hech bir geologning kompassiz ishi bitmaydi.

Kompasning magnit mili insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biridir. Uning yordami bilan fazoda — dengiz, havo va quruqlikda yoʻnalishni aniqlab olish mumkin.

Kompas juda sodda tuzilgan. Yassi silindrsimon quti ichidagi poʻlat igna uchiga magnit mili qoʻyilgan. Ignaning oʻtkir uchi kompasning oʻrtasiga oʻrnatilgan qattiq toshga, odatda aqiqqa tayanadi. Oʻq ustida erkin turgan magnit mili maʼlum bir holatni egallab, koʻk rangga boʻyalgan bir uchi shimolni, ikkinchi — qizil tarafi esa janubni koʻrsatadi. Milning holatini uni qutining shisha qopqogʻiga arretir deb ataladigan dastakni bosish orqali qotirish mumkin.

Agar kompasni magnit ustiga qoʻyib, kompas qutisini qanchalik aylantirmaylik, uning mili har doim magnit qutblari tomon yoʻnaladi. Yer sayyorasi katta magnit boʻlib, uning yuzasida magnit mili har doim Yerning magnit qutblari tomon yoʻnaladi. Ular Yerning geografik qutblaridan taxminan 11,3 daraja farq qiladi.

Agar kompasning magnit mili bir holatda toʻxtamay, gʻalati tarzda har tarafga aylanaversa, demak, yaqin atrofda temir rudalarining ulkan konlari mavjud. Xuddi shu tarzda Kursk magnit anomaliyasi aniqlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!