20.02.2024
Odatda biror koʻrsatkichning nihoyatda baland qiymati kuzatiladigan joy qutb deb ataladi. Shimoliy yoki Janubiy geografik qutblar meridianlarning bir nuqtaga yigʻilib, kengliklarning chegara qiymati 90 °C ga yetib yoʻqoladigan, yer sharining “qoq uchlari” hisoblanadi.
Issiqlik qutblari va sovuq qutblar eng yuqori va eng past havo harorati kuzatiladigan joylardir. Bu qutblarning joyini butun boshli shartlar majmuasi, turli xil sharoitlar uygʻunligi belgilab beradi.
1922-yilda eng yuqori havo harorati — +57,8 °C qayd etilgan Afrikaning Liviya choʻlidagi Al-Azizey hududi issiqlik qutbi hisoblanadi.
Sovuq qutb Antarktidada joylashgan. 1983-yilgacha “Vostok” stansiyasi Yer yuzidagi eng sovuq joy deb hisoblanar edi — stansiyada −89,2 °C qayd etilgan. Biroq stansiya dengiz sathidan 3500 m balandlikda joylashganini ham hisobga olish kerak. 2010-yilda Sharqiy Antarktida platosida −93 °C harorat qayd etiladi va sayyoraning eng sovuq hududi nomiga sazovor boʻladi. Xuddi shunday past harorat tez-tez boʻlib turadigan sovuq qutb shimoliy yarimsharda joylashgan Verxoyansk (Yakutiya) shahri yaqinidagi Oymyakon qishlogʻida ham bor. U yerda −71 °C qayd etilgan.
Juda past haroratlarda “Vostok” stansiyasidagi odamlar tashqariga kosmonavtlar skafandriga juda oʻxshash, yuzni himoya qiladigan niqob va isitiladigan maxsus kostyumlarda chiqadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.