Xaltalilar nima?

Yevropalik sayohatchilar Yangi dunyoga borganida, oʻzi bilan gʻalati va yangi tuyulgan narsalarni olib kelgan. 1500-yilda shunday tarzda Braziliyadan Janubiy Amerika opossumi olib kelingan, 1770-yilda esa kapitan Kuk Avstraliyada koʻrgan kengurulari haqida hikoya qilib bergan. Oʻsha paytgacha Yevropada hech kim bunday hayvonlar — xaltalilar haqida bilmagan. Xaltalilar sutemizuvchilarning alohida turkumidir. Ularning ilmiy nomi, yunoncha “marsupion” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “toʻrva” degan maʼnoni anglatadi.

Bu hayvonlar tugʻilganidan keyin onasining tanasidagi xaltada yashab, ovqatlanishi bilan ajralib turadi. Bu juda zarur, chunki yangi tugʻilgan xaltalilar shunchalik kichik va nochor boʻladiki, oʻzini eplay olmaydi. Ular hatto qanday ovqatlanishni ham bilmaydi. Yosh kenguru va opossumlar oʻsib katta boʻlganida ham, biron narsadan qoʻrqqanida ham onasining xaltasiga yashirinishga harakat qiladi. Togʻlarda topilgan qoldiqlarga qaraganda, bir vaqtlar xaltalilar dunyoning barcha qismlarida keng tarqalgan.

Bizning davrimizda ularning deyarli barcha turlari Avstraliya va unga tutash orollarda yashaydi. Shimoliy va Janubiy Amerikada yashaydigan yagona haqiqiy xaltali — bu opossumning har xil turlari. Avstraliyada turli xil shakldagi xaltalilar — uzunligi bir necha dyuym boʻlgan, koʻrsichqonga oʻxshash mayda jonzotdan tortib, ulkan kengurugacha uchraydi. Ulardan baʼzilari, masalan, bandikutlar quyonlarga oʻxshaydi. Boshqalari esa, masalan, vombatlar qunduzlarga oʻxshaydi. Tilatsinlar (yoki Tasmaniya boʻrilari) boʻrilarga oʻxshaydi.

Xaltalilar yerda yashashi yoki maymunlar kabi daraxtlarga joylashishi mumkin. Ular bilan bir oilaga mansub baʼzi kuskuslar uchar olmaxonlar kabi hatto daraxtdan daraxtga uchib oʻtishi mumkin. Xaltalilar juda xilma-xil ovqatlar bilan oziqlanadi. Ularning bir qismi faqat sabzavotlarni isteʼmol qiladi, boshqalari esa hasharot yoki goʻsht bilan oziqlanadi. Ular orasida topgan narsasini yeydiganlari ham bor.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!