Regeneratsiya nima?
Inson organizmida ham regeneratsiya bormi?
2 min
Hayvonot olami

Tasodifan qoʻli, oyogʻi yoki barmogʻini yoʻqotgan odamlarda oʻsha joyda yoʻqotilgan aʼzoning yangisi oʻsib chiqishi mumkinmi? Odamda bu imkonsiz, lekin bunday hol sodir boʻladigan tirik mavjudotlar bor. Tananing yoʻqolgan aʼzo va toʻqimalarini tiklash jarayoni regeneratsiya deb ataladi. Regeneratsiya kam sonli tirik mavjudotlarda roʻy beradi. Masalan, chuvalchang va dengiz yulduzlarining ayrim turlari tananing mayda zarrachasidan butun organizmini tiklab olishi mumkin.

Bizning tanamizda ham maʼlum bir turdagi regeneratsiya jarayoni sodir boʻlishi mumkin. Terimizning yuqori qatlami doimiy ravishda eskiradi va boshqa hujayralar bilan almashtiriladi. Soch va tirnoqlarimiz doim tiklanadi. Hatto sut tishlarimiz ham maʼlum bir tarzda qayta tiklanishi mumkin. Albatta, turli hayvonlar tomonidan yoʻqotilgan pat, jun va tangachalar ham regeneratsiya jarayonida tiklanadi. Ancha murakkab organizmlarda (odam esa juda murakkab organizm) regeneratsiya kam rivojlangan.

Inson va barcha sutemizuvchilar butun aʼzoni tiklay olmaydi. Ammo salamandra va hasharotlar qoʻl-oyogʻini butunlay tiklashi mumkin. Bizda faqat singan suyaklar, shikastlangan teri va mushaklar, baʼzi turdagi nervlar regeneratsiya boʻlishi mumkin. Ikki turdagi regeneratsiya bor. Birinchisi, yara yuzasida yangi toʻqima oʻsadi. Ikkinchisi, tiklanadigan qismlar transformatsiya boʻladi, lekin yangi aʼzo oʻsmaydi. “Kurtaklanish” bilan sodir boʻladigan regeneratsiya yara yuzasida hosil boʻladi. U odatda konussimon shaklda boʻlib, tirik jonzot tugʻilganda mavjud boʻladigan murtak holatidagi hujayralardan iborat boʻladi. Bu hujayralar yangi aʼzoni tashkil etadigan maxsus hujayralarga aylanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!