20.02.2024
Albatta, iskovuch — it zoti. Ammo u qanday yetishtirilgan va qayerdan kelib chiqqan? Aslida itning tarixi yuz minglab yillar oldin boshlangan. Ba’zi olimlarning fikriga koʻra, itlar yaqin qarindoshlar — boʻri va shoqollarning chatishishi natijasida paydo boʻlgan. Biroq hozirgi itlar va boʻrilar bitta, juda uzoq ajdoddan kelib chiqqan deb hisoblanadi.
It odam yonida yashab kelayotgan koʻp yillar davomida 200 dan ortiq zotni yetishtirishga muvaffaq boʻlindi. Baʼzi zotlar, masalan, mastif kuchi uchun, tozi tezligi uchun, iskovuch esa hidlarga sezgirligi uchun yetishtirilgan. Iskovuch silliq junli it zotiga mansubdir. Ehtimol, ular bir vaqtlar “Sant-Gubert” deb nomlangan itning avlodlaridir. Silliq junli itlar silliq juni, kattaligi, osilib tushgan quloq va yuqori lablari bilan ajralib turadi. Barcha ovchi itlar singari, iskovuch itlar ham oʻljani hididan “taniydi” — buni ular boshqa it zotiga qaraganda yaxshiroq bajaradi. Ular sustkash, lekin qat’iyatli. Agar it hidni yoʻqotsa, qaytib kelib izni yana topganicha qidirishda davom etadi. Bu ikki fazilat — hidga sezgirligi va qatʼiyatliligi iskovuchlarni qochgan jinoyatchilarni qidirish, politsiyaning boshqa ehtiyojlari uchun mukammal zotga aylantiradi.
Ov itlarining boshqa ajib zotlari ham mavjud. Masalan, tozi, bigli va basset ov itlari iskovuchdan kichikroq boʻlib, ulardan mayda oʻljalar, masalan, quyonlarni ovlashda foydalaniladi. Pointer eng yaxshi qush ovchilaridan biridir. U oʻljani “koʻrsatgani” uchun uning nomi inglizcha “ishora” soʻzidan olingan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.