Bug‘ular nega shox tashlaydi?
Bug'u nima? Bug'u haqida ma'lumot
2 min
Hayvonot olami

Bugʻu oʻtxoʻr hayvon — ular mox, daraxt poʻstlogʻi, kurtak yoki suv oʻsimliklari bilan oziqlanadi. Bugʻular odatda juda qoʻrqoq va ularning xavfsizligi tezligiga bogʻliq. Ular odatda tunda ovqatlanadi, juda yaxshi koʻrish qobiliyatiga ega, eshitish va hid bilish hissi esa xavfni uzoqdan osongina aniqlashga imkon beradi.

Bugʻular juda xilma-xil boʻlib, boʻyi atigi bir fut boʻlgan kichik pududan tortib, vazni 450 kilogrammdan ortiq boʻlgan katta Amerika losiga qadar keladi. Bugʻularni asosiy farqlab turadigan xususiyati ularning shoxlaridir. Deyarli barcha erkak bugʻularning shoxlari bor. Shuningdek, karibu va qirol bugʻularining urgʻochilarida ham shox borligi hayratga soladi. Bugʻularning shoxi sigirlarniki singari ichi boʻsh emas, balki sergʻovak tuzilmaga ega. Har bahorda erkak kiyikda yangi shox jufti oʻsib chiqadi va har qishda, juftlashish mavsumi oxirida shoxini tashlaydi. Bugʻularning baʼzi turlarida shoxlar bitta oʻsiqdan iborat boʻlib, boshqalarida har bir shoxda 11 tagacha shoxchalar boʻlishi mumkin. Oʻsiqlar soni yoshga bogʻliq boʻlganligi tufayli shoxlarga qarab bugʻuning yoshini aniqlash mumkin.

Hayotining birinchi yilida bugʻuning peshonasida tugmachaga oʻxshash ikkita boʻrtma paydo boʻladi. Ular “oyoqchalar” deb nomlanadi va bugʻu ularni hech qachon yoʻqotmaydi. Har bahorda bu oyoqchalardan shoxlar paydo boʻlib, yoz davomida oʻsadi. Ikkinchi yili oyoqchalardan tekis oʻsiqlar, uchinchi yili esa birinchi shoxchalar paydo boʻladi. Oʻsish davrida shoxlar “baxmal” deb ataladigan nozik teri bilan qoplangan boʻladi. U shoxlarni oziqlantirish va suyakning oʻsishini taʼminlovchi qon tomirlaridan iborat.

Shoxlar toʻliq oʻlchamga yetgandan soʻng ikki yoki toʻrt oy oʻtib, ularning tagida halqa paydo boʻladi. Bu halqa tufayli qon taʼminoti toʻxtatiladi va shoxlar qurib, oxir-oqibat tushib ketadi. Odatda bugʻu shoxlari bilan daraxtlarga suykaladi va bu ularning tushishini tezlashtiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!