Zirhli hayvonlar haqida nimalarni bilasiz?

Zirhli hayvon nima ekanligini bilasizmi? Bu zirhni eslatadigan muguz — zirh bilan qoplangan kichik sutemizuvchi. Qoʻshma Shtatlar janubidan Janubiy Amerikaning janubigacha boʻlgan hududda zirhlilarning oʻn turi yashaydi. Zirhli usti boshida bitta va yelkasida ikkita plastinadan iborat, muquz zirh bilan qoplangan. Bu ikki qism harakatlanuvchi tasmalardan tashkil topgan qayishqoq markaziy qism bilan bogʻlangan. Bu zirhlining aylanishi va burilishiga imkon beradi. Zirh markazidagi bu tasmalar soni ba’zan bu hayvonlarni tasniflash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, yetti, sakkiz, toʻqqiz tasmali zirhli hayvonlar mavjud.

Qoʻshma Shtatlarda faqat toʻqqiz tasmali zirhlilar mavjud. Barcha zirhlilarning quyrugʻi ham toʻliq zirh bilan qoplangan va faqat bitta turi bundan mustasno. Shuning uchun ham bu turning yumshoq quyruqli deb nomlanishi tabiiy. Zirhli hayvonning tishi emalsiz oddiy oʻsiq ekanligi juda qiziq. Bu tabiatda uchrab turadigan ziddiyatlardan biridir. Tana ichi va tishlardagi zirh yumshoq. Aksariyatining tishi hayoti davomida yagona boʻladi.

Bunday tishlar bilan zirhli hayvon chumoli, termit, lichinka, qurt va qoʻngʻiz kabi yumshoq ovqatni yeyishga majbur. Maʼlumki, bunday ovqatni barglar orasi yoki yumshoq tuproqda topish mumkin, shuning uchun uni olish uchun yerni qazish kerak boʻladi. Tabiat zirhli hayvonlarning yumshoq tishlarini unga mustahkam tirnoq va kuchli old panjalar berish bilan qopladi. U yerni itga qaraganda tezroq qazishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday hayvonlar tirnog‘i va old oyog‘idan dushmanlardan tezda yashirinish uchun uya qazishda foydalanadi. Aksariyat zirhlilar dushmanlardan qochish yoki uyasiga koʻmilib olish orqali qutulib qoladi. Zirhlining faqatgina uch tasmali bitta turi gʻujanak boʻlib olib, jon saqlaydi. Uning zirhi boshqalarnikiga qaraganda ancha bardoshli boʻlib, bu himoyaning mutlaqo ishonchli usulidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!