Lemur qanday hayvon?

Lemurlar maymunlarni ham oʻz ichiga olgan primatlar guruhining eng sodda aʼzolaridir. Hozirgi kunda lemurlarni Madagaskar, Afrika va Osiyoning baʼzi mamlakatlarida uchratish mumkin. Ular bir vaqtlar toshqotgan qoldiqlari topilgan Amerika va Yevropada yashagan. Lemurlar boshqa primatlardan tulkiga oʻxshash uzun tumshugʻi va oyoq barmogʻidagi oʻtkir tirnoqlari bilan ajralib turadi. Barcha lemurlar daraxtda yashaydi. Ularni hayvonot bogʻida kamdan kam hollarda uchratish mumkin, chunki tutqunlikda ularning omon qolishi juda qiyin.

Lemurlar meva, urugʻ, hasharot, qush tuxumlari yoki goʻsht bilan oziqlanadi. Ularning ayrimlari kunduzi, boshqalari esa kechasi faol boʻladi. Lemurlarning koʻp turi boʻlib, ularning aksariyati juda gʻayrioddiydir. Madagaskarda yirik lemurlarning bir turi — sifaka yashaydi. U yorqin oq-qora rangga ega qizil yoki jigarrang dogʻlar bilan qoplangan. Uning qoʻli va tanasi oʻrtasida teri burmasi boʻlib, bu unga bir daraxtdan ikkinchisiga sakrab oʻtish imkonini beradi.

Lemurlarning yana bir guruhi “haqiqiy lemurlar” deb nomlanadi va ularning oʻn uch turi Madagaskarda yashaydi. Ularning barchasi uzun quyruqqa ega va ranglari juda farq qiladi. Lemurlarning eng kichigining uzunligi 13 santimetr, dumi esa roppa-rosa 15 santimetrga teng. Ular “sichqonsimon lemurlar” deb nomlangan. Ozuqa moʻl paytda bu kichik jonzotlar quyruq tagida yogʻ toʻplaydi. Qurgʻoqchilik paytida ular daraxtlarning kovaklarida uxlab, hayot faoliyatini taʼminlash uchun quyruqdagi yogʻdan foydalanadi.

Ularning “Ay-Ay” deb nomlanuchi turi Madagaskardagi boshqa lemurlardan juda farq qiladi. Ular juda katta quloq, uzun dagʻal moʻyna, uzun paxmoq dum va uzun barmoqlarga ega. Bosh barmoqlaridagi tirnoqlaridan boshqalari juda oʻtkir. Lemurning yana bir turi boʻlgan “dolgopyat”ning boʻyni shunchalik egiluvchanki, u oʻgirilmasdan boshini 180° burchak ostida burishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!