Qo‘y yungi har yil o‘sadimi?
Qo'y yungi vazifasi nima?
2 min
Hayvonot olami

Qoʻy yungi ham xuddi soch kabi oʻsadi. U ham qoʻylarga sovuqdan himoya qoplamasi sifatida xizmat qiladi. Yiliga bir marta va odatda bahorda havo iliqlab, qoʻylar bunday “himoya”ga muhtoj boʻlmaganida, ularning barcha yungi qirqib olinadi. Koʻpincha unda juda koʻp axlat — tosh, tikan va lanolin deb ataladigan yogʻlar boʻladi. U deyarli butunlay qirqib olinib, soʻngra oʻraladi va yung chilvirlar bilan bogʻlanadi. Tozalangandan soʻng gajaklarni tekislash uchun taraladi. Keyin undan ip yigirilib, mato ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Odamzod qoʻyni qachon xonakilashtirganini hech kim bilmaydi. Ammo ibtidoiy odamlar yung va goʻsht olish uchun qoʻy boqqan. Keyinchalik koʻp asrlar davomida baʼzilari jun sifati bilan, boshqalari esa goʻshti bilan ajralib turardigan turli xil zotlar yetishtirilgan. Merinos deb ataladigan zotlardan biri Ispaniya yoki Afrikadan kelib chiqqan. U faqat koʻz va toʻrtta oyoq chiqib turgan bir toʻp junga oʻxshaydi. Avstraliya va Qoʻshma Shtatlarda juda koʻp miqdordagi ajoyib jun beradigan merinos zoti bor. Qoʻychilik va jun ishlab chiqarish Amerika iqtisodiyotining eng qadimgi tarmoqlaridan biridir.

Kolumb 1493-yilda Amerikaga qaytib kelganida, oʻzi bilan Santo Domingo va Kubaga qoʻylarni olib kelgan. XIX asrning oʻrtalariga qadar Yangi Angliyada qoʻylarning ulkan suruvi oʻtlab yurgan. Gʻarbga odamlar koʻchib kelganda, ulkan hududlarda minglab hayvonlardan iborat suruvlar paydo boʻlgan. Hozirgi vaqtda Qoʻshma Shtatlar yiliga taxminan 48 000 tonna jun ishlab chiqaradi. Dunyodagi eng koʻp yung chiqarish Avstraliyaga tegishli va bu koʻrsatkich har yili 700 000 tonnani tashkil etadi. Yangi Zelandiya esa yiliga 380 000 tonna ishlab chiqaradigan yana bir yirik jun ishlab chiqaruvchidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!