Mushuk qachon xonakilashtirilgan?
Mushuklar qachon paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Mushuk deyilganda aksariyat odamlar kichik uy hayvonini tasavvur qiladi. Ammo mushuklar oilasi ajablanarli oila boʻlib, u leopard, sher, yoʻlbars va yaguarlarni oʻz ichiga oladi. Katta yoki kichik mushuklarning barchasi asosan bir xil tana nisbatlariga ega va taxminan bir xil ovqat bilan oziqlanadi. Barcha mushuklar goʻsht isteʼmol qiladi va qurbonlarini oʻldiradi. Mushuklarning kattaligiga qarab, ularga kichik sichqon, katta zebra, kiyik, antilopa va yirik shoxli qoramol oziq boʻlishi mumkin. Mushukning panjalaridagi yumshoq yostiqchalar ularga tovushsiz harakat qilish imkonini beradi. Shuningdek, uning old oyoqlarida beshtadan, orqa oyoqlarida esa toʻrttadan oʻtkir tirnoqlari bor. Mushuklar miyovlash, xurillash, uvlash va chiyillash kabi turli xil tovushlarni chiqarishi mumkin. Baʼzi yirik mushuklar koʻpincha oʻkiradi.

Darvoqe, tomoqdagi baʼzi suyaklarning tuzilishi tufayli na sher, na yoʻlbars, na leopard va na yaguar xurillay olmaydi. Ushbu oilaning vakillari butun dunyoda qadim zamonlardan beri bor. Millionlab yillar oldin yashagan mushuklarning toshqotgan qoldiqlari topilgan. Ammo inson tarixiga nisbatan taqqoslanganda, mushuklarni xonakilashtirish yaqinda boshlangan. Hozirgi vaqtda mushuklar 4500 yoki 5000 yil oldin xonakilashtirilgan deb hisoblanadi.

Yevropa, Shimoliy Afrika yoki Osiyodagi kichik yovvoyi mushuklarning bir turi uy mushugining ajdodi boʻlishi ehtimoli bor. Biz qadimgi misrliklar mushuklarni 4000 yil oldin xonakilashtirib, ularni ilohiylashtirganini bilamiz. Ularning maʼbudasi Bast (yoki Paxt) suratlarda mushuk boshi bilan tasvirlangan, mushuklarga atab qurbonliklar qilingan. Mushuk ularning oliy maʼbudlari — Ra va Izidaga hamroh boʻlgan. Misrliklar oilasida uy mushugi oʻlganida barcha oila aʼzolari va xizmatkorlari qoshini oldirib, motam tutgan. Ibodatxona mushugining oʻlimidan soʻng butun shahar motam tutgan. Firʼavn va zodagonlarning mumiyolari bilan bir xil tarzda tayyorlangan koʻplab mushuk mumiyolari topilgan.

Mushukni oʻldirganlik uchun oʻlim jazosi qoʻllangan. Yevropada uy mushuklari 1000-yillarda paydo boʻlgan va shu vaqtdan beri ular koʻpincha ilohiy emas, balki yovuzlik kuchlarining timsoli hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!