Dinozavrlar qayerda yashagan?
Dinozavrlar qachon qirilib ketgan?
2 min
Tarix

Millionlab yillar oldin Yer yuzida qanday hayvonlar yashaganini ularning toshqotgan qoldiqlari orqali oʻrganish maʼquldir. Toshqotgan qoldiqlar bu — toshlar ichida qolib ketgan oʻsimlik va hayvonlarning qoldiqlari. Toshga aylangan bu qoldiqlar chigʻanoq, hasharot, barg, suyak, butun skeletlar yoki botqoq qirgʻoqlarida tarixdan ilgarigi hayvonlar qoldirgan izlar boʻlishi mumkin. Ushbu dalillarga koʻra, olimlar dinozavrlar yerda taxminan 180 000 000 yil oldin yashagan va taxminan 60 000 000 yil oldin qirilib ketgan degan xulosaga keldi.

Topilgan toshqotgan qoldiqlarning aynan qaysi biri olimlarni bunday xulosaga olib keldi? Koʻproq suyak, tish va tirnoqlar uchraydi. Bu parchalar asosan skeletlarni qayta tiklab, tana tuzilishi haqida maʼlumotga ega boʻlish imkonini beradi. Osiyodagi Gobi choʻlida dinozavrlarning uyalari va ulkan suyaklari topilgan. Olimlar shakli kartoshkaga oʻxshash, toshga aylangan dinozavr tuxumini topishga muvaffaq boʻldi. Dinozavrlar qoldigʻi barcha qitʼalarda, shu jumladan, Shimoliy Amerikada ham topilgan.

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, millionlab yillar oldin dinozavrlar dunyoning barcha qismlarida yashagan. Biroq ularning yashashi uchun maʼlum shartlar zarur boʻlgan. Dinozavrlar sudralib yuruvchi boʻlgan, yaʼni ularning tana harorati atrofdagi havo haroratiga qarab oʻzgarib turgan. Ularning aksariyati yam-yashil oʻsimliklar, ularni ozuqa bilan taʼminlaydigan joylarda yashagan.

Lekin taxminan 60 million yil oldin Yer iqlimida juda katta oʻzgarishlar roʻy bergan. Botqoqlar qurigan. Tekisliklar togʻlarga aylangan. Iqlim sovuqroq va quruqroq boʻlgan. Shu tufayli dinozavrlar nafaqat yashash joylari — botqoq va tekisliklarni yoʻqotibgina qolmay, balki sovuq tushishi tufayli lohaslashgan. Sovuq ularga ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning katta qismini ham yoʻq qilgan. Vaqt oʻtishi bilan yangi sharoitlarga moslasha olmagan dinozavrlar qirilib ketgan. Ularning oʻrniga miyasi kattaroq, yangi va oʻzgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyatiga ega boʻlgan issiqqon hayvonlar kelgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!