Toshbaqalarning qanday turi bor?

Barcha — dengiz, chuchuk suv va quruqlik toshbaqalari qattiq tashqi kosa, tangachali teri va muguzli burunga ega. Ularning barchasi oʻpka bilan nafas olib, ikki — tashqi yoki yuqori va pastki qismdan iborat kosaga ega. Bu ikki tavaqa orasidagi teshiklardan toshbaqa boshi va boʻyni, dumi, oyogʻini tashqariga chiqarishi mumkin. Toshbaqalarning koʻrish, taʼm bilish va sezish tuygʻulari yaxshi rivojlangan, lekin ular juda yomon eshitadi. Aksariyat toshbaqalar turli xil ozuqani isteʼmol qiladi. Urgʻochi toshbaqa shipillaydigan, erkaklari esa “mingʻirlagan” kabi tovushlarni chiqarishi mumkin. Baʼzi quruqlikda yashaydigan ulkan toshbaqalar hatto oʻkira oladi.

Mavjud toshbaqalarning eng kattasi dengiz suvida yashovchi, zirhi qalin toshbaqadir. Uning odatdagi vazni taxminan 450 kilogrammni tashkil qilib,  eng kattasining uzunligi 2 metr, vazni 680 kilogrammga yetishi mumkin. Toshbaqa shoʻrvasi dengiz toshbaqalariga mansub yashil toshbaqa goʻshtidan tayyorlanadi. U tropik dengizlarda uchraydi va vazni taxminan 225 kilogrammni tashkil qiladi.

Karetta deb ataladigan boshqa dengiz toshbaqasidan olinadigan toshbaqa muguzi juda qadrlanadi. Bu dengiz toshbaqalarining eng kichigi boʻlib, kamdan kam hollarda uzunligi bir metrdan oshadi. Uning kosasi koʻplab sariq taram-taram chiziqli, toʻq jigarrang, alohida shaffof muguzli plastinkalardan iborat. Shimoliy Amerikadagi eng katta toshbaqa Missisipi hududida yashovchi grif toshbaqasidir. Uning vazni 70 kilogrammgacha boʻladi. U uzun, yirik dum va kuchli, oʻtkir jagʻga ega.

Shimoliy Amerikadagi eng keng tarqalgan quruqlikda yashovchi toshbaqa — terisi toʻq qizgʻish rangga ega boʻlgan oʻrmon toshbaqasi. Uni qoʻlga oʻrgatib, ovqatlantirish oson. Qishda toshbaqalar hovuzlar tubi yoki yerdagi uyasiga yashirinib, qish uyqusiga ketadi. Baʼzan toshbaqalar 200 yil yoki undan ham koʻproq umr koʻradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!