20.02.2024
“Malika”ning paydo boʻlishi uchun asalarilar koloniyasi kerak. Ammo hamma asalarilar ham koloniya boʻlib yashamaydi. Yolgʻiz yashovchi asalarilar turi ham bor. Ular orasida faqat ikki turdagi asalarilar bor — erkaklari va tuxum qoʻyadigan urgʻochilari. Lekin koloniya yoki oilalarda yashovchi asalarilarning uchinchi turi ham mavjud, ular “ishchi asalarilar” deb ataladi. Ishchilar — tuxum qoʻymaydigan urgʻochi asalarilar.
Shunday qilib, bunday asalari oilasida ishchilar, erkak asalarilar va butun oilaning “onasi” hisoblanib, tuxum qoʻyadigan bitta ona asalari yoki “malika” boʻladi. U oʻz vaqtini quyidagicha oʻtkazadi. U qishni qumli yoki boshqa biron qulay sharoitlar mavjud boʻlgan joyda, kovlangan uyada oʻtkazadi. U butun oila orasida qishdan omon qoladigan yagona jonzot. Bahorda u yangi oilasini qurishni boshlaydi.
Avvalo, “malika” boshpana izlaydi va katta ehtimol bilan, tashlab ketilgan sichqon uyasini topadi. Keyin uyadagi barcha yumshoq materiallarni uyadi va bu uyum ostida pitomnik boʻlib xizmat qiladigan chuqurcha yasaydi. Soʻngra uchib, aylanib, atrofdagi gullardan gulchang va nektar toʻplab, oʻzi tayyorlagan quruq chuqurchaga bir guvalacha, pergani1 joylashtiradi. U bu guvalachaga bir nechta tuxum qoʻyib, ustini mum bilan qoplaydi va tanasi bilan sovuq havodan himoya qilish uchun ustiga oʻtiradi. Yonida mumkatak yasab, uni tuxumdan kimdir chiqqaniga qadar ovqatlanish uchun yetarli miqdordagi asal bilan toʻldiradi.
Bolalarining birinchi avlodi qanotlaridan foydalana oladigan darajada kattargandan soʻng ular onasining koʻp ishlarini o‘z zimmasiga oladi. Ular ob-havo uchib boʻlmaydigan darajada yomon boʻlganida oziqlanish uchun mum va tayyorlaydi, mumkataklarni asal bilan toʻldiradi. Mavsum boshida faqat ishchi asalarilar tugʻiladi. Ammo yozning oxiriga kelib, oilada yosh urgʻochi va erkak asalarilar ham paydo boʻladi.
Kuzda oila boʻlinadi. Ona asalari esa butun yoz davomida faqat tuxum qoʻyish bilan shugʻullanadi. Asalarilarda barcha tuxumlarni ona asalari qoʻyadi, lekin oʻzi ularni pavarish qila olmaydi. U kuniga 1500 ta va butun mavsum davomida taxminan 250 000 ta tuxum qoʻyishga qodir. U urugʻlangan tuxum qoʻyadi, ulardan esa oilaning ehtiyojlariga qarab ishchi yoki ona asalarilar paydo boʻlishi mumkin. Urugʻlanmagan tuxumlardan erkak asalarilar chiqadi. Yosh ona asalarilar maxsus kataklarda oʻsadi. Ular tugʻilishidan oldin ona asalari va ishchi asalarilarning taxminan yarmi yangi oila tashkil qilish uchun chiqib ketadi. Katakchasidan birinchi boʻlib chiqqan yosh ona asalari opa-singillarini oʻz hujayralarida oʻldiradi va shunday qilib yangi ona asalariga aylanadi.
[1] Perga — asalari ovqati (asalarilarning uyasiga gul changlaridan toʻplagan, asal bilan aralashtirilgan ovqat).
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.