Ari nima bilan oziqlanadi?

Deyarli barcha hasharotlar oʻz zurriyodlarini parvarishlashning qiziqarli usullariga ega, ammo ularning koʻpchiligi bu masalada ari kabi mahoratli emas. Ayrim arilar bolalari uchun loydan kichik uyalar quradi. Boshqalar esa uyasini qogʻozdan yasaydi. Baʼzi arilar yerda teshik kovlab, ayrim arilar esa daraxt kemirib, in quradi. Uya qurilgandan soʻng ona ari uyda zaxira yaratish uchun ozuqa izlashga chiqadi. Och arilar ovqatga juda talabchan boʻladi: baʼzilari faqat oʻrgimchaklarni, ayrimlari qoʻngʻizlarni, boshqalari pashshalarni isteʼmol qiladi. Biroq koʻpchilik arilar tirik ovqatdan boshqa hech narsa yemaydi.

Har bir turning urgʻochilari kerakli hasharotlarni qidirib, uzoq masofani bosib oʻtadi. Keyin oʻljani kuchli jagʻlari bilan changallab, ehtiyotkorlik bilan hasharotning asab markaziga zaharli nishini kiritadi. Bu zahar oʻldirmaydi, faqatgina hasharotni butunlay falaj qiladi va shu sababli uning goʻshti yosh arilar uni taʼtib koʻrishni istaganiga qadar yangi holda saqlanadi.

Ari asalari va chumolilar kabi pardaqanotli hasharotlar turkumiga kiradi. Ularning xilma-xil turlari ikki guruhga boʻlinadi. Ularning bir qismi uy-joy qurib, avlodlarini ozuqa bilan taʼminlash uchun birlashadi. Yolgʻiz ari esa soʻqqabosh yashaydi. Bu ikki guruh qanotlarning holati bilan farq qiladi: birga yashaydigan arilar qanotlarini yelpigʻich singari yoyadi, yolgʻiz arilar esa orqasiga yigʻib oladi. Barcha arilar bir-biriga oʻxshaydi. Ularning toʻrttadan shaffof qanoti va uch juft oyogʻi bor. Urgʻochilari tanasining orqa qismida uzun, ingichka nishga ega. Arilar meva sharbati yoki boshqa hasharotlar bilan oziqlangani tufayli ularning ogʻzi chaynashga ham, soʻrish uchun ham moslashgan. Ayrim arilar faqatgina asal bilan oziqlanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!