Chigirtkalar “bosqini” nima sababdan sodir bo‘ladi?

Injilda chigirtka “bosqinlari” son-sanoqsiz ofatlarni keltirib chiqarib, odamlarga qancha kulfat keltirishi haqida yozilgan. Tabiiyki, oʻsha vaqtlarda bu toshqin, qurgʻoqchilik yoki epidemiya kabilar Allohning jazosi deb hisoblangan. Ammo chigirtkalar bosqini boshqa mamlakatlarda va boshqa davrlarda ham sodir boʻlgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbida 1874-yildan 1876-yilga qadar bu falokat 200 000 000 dollar zarar keltirgan. 

Ayrimlar chigirtkalarga nisbatan “Sarancha” soʻzini ishlatadi. Sarancha — Acrididae turkumiga mansub hasharotlar guruhining vakili. 17 yoshli sarancha deb nomlanadigan tur aslida sarancha emas, balki sikada. Koʻpgina olimlar nima uchun bu hasharotlar maʼlum bir vaqtda, biron bir joyda ulkan gala boʻlib toʻplanib, boshqa paytlarda yoʻq boʻlib ketishi haqidagi savolni oʻrganmoqda. Maʼlum boʻlishicha, bunday “bosqinlarni” tashkil etadigan chigirtka turlari ikki davrda boʻlar ekan. Bir davrda ular yakka holda, ikkinchisida esa guruhlarda yashar ekan. Bu ikki davrda chigirtkalar butunlay turli-tuman. Uning rangi, shakli, tuzilishi va xatti-harakatlari oʻzgaradi.

Yakka davrida chigirtka gala boʻlib yigʻilmaydi va sust boʻladi. Hasharotlarning rangi atrof-muhitga mos boʻladi. Guruh davrida esa chigirtka qora yoki sariq rang olib, katta guruhlarda toʻplanadi, faol, bezovta holda juda harakatchan boʻladi. Bundan tashqari, hasharotlarning harorati ham koʻtariladi. Boshqa farqlar ham mavjud. Chigirtka uchun normal davr bu — yakka hayot davri. Chigirtka baʼzi sabablarga koʻra yigʻilishga majbur boʻlganda, yakka davrdagi hasharotlar guruh tipidagi naslni dunyoga keltirishi mumkin. 

Bu jonzotlar harakatchan va asabiydir. Ular harakatlanishni boshlaydi, boshqalar bilan birlashadi, ulkan galalarga toʻplanadi va tez orada millionlab hasharotlar biron bir hududga “bosqin” uyushtirishga tayyor boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!