20.02.2024
Evolyutsiya nazariyasini hamma ham qabul qilmaydi, ammo uning tarafdorlarida qushlarning paydo boʻlishini tushuntiradigan nazariya bor. Qushlarning uchish layoqati bilan bogʻliq turli xil, mutlaqo oʻziga xos aʼzolari mavjud. Issiqqon hayvonlar ozuqadan juda tez energiya olishga qodir boʻlgani uchun ular mana shunday jonzotga aylangan. Qushning patlari nafaqat issiqlikni saqlab qolish, balki uchish uchun yengil yuzalarni hosil qilishda ham xizmat qiladi. Tish ogʻir suyakdan iborat boʻlgani tufayli qushlar bundan xalos boʻlgan. Amortizator vazifasini bajaradigan oyoqlari paydo boʻlgan. Ular juda oʻtkir koʻrish qobiliyatiga ega.
Bu barcha takomillashuvlar qachon roʻy berganini aniq aytib boʻlmaydi, ammo qushlar millionlab yillar oldin qaysidir oddiy sudralib yuruvchilardan kelib chiqqani maʼlum. Qushlar kelib chiqishi taxmin qilinadigan sudralib yuruvchilar turkumi Trias davrida — taxminan 130 000 000 yil oldin yashagan. Bu topilgan toshqotgan qoldiqlar tufayli maʼlum boʻldi, birinchi qushlarning qanoti boʻlgan, lekin ular yaxshi ucholmagan. Ularning koʻp sonli suyaklardan iborat dumi uzun va patlari har tomondan oʻsib chiqqan. Hozirgi qushlarning faqat bitta dum suyagi boʻlib, patlar undan yelpigʻich shaklida oʻsib chiqadi. Qadimgi qushlarning koʻplab mayda va oʻtkir tishi boʻlgan.
Taxminan 10 000 000 yil oʻtgach, ayrim qushlarning hali ham tishi saqlanib qolgan, ammo aksariyat qushlar bundan xalos boʻlishga ulgurgan. Oʻsha vaqtdagi qushlarning toshqotgan qoldiqlari shuni koʻrsatdiki, u paytda ham hozirgi krachka bilan bir xil qanotlar va kattalikka, ehtimol odatlarga ham ega boʻlgan qushlar boʻlgan. Ajablanarlisi shundaki, bugungi kunda qush tanasining barcha qismlarida sudralib yuruvchilardan kelib chiqish nishonalarni topish mumkin. Lekin har bir qism qushning oʻziga xos ehtiyojlari uchun moslashgan. Bu oʻzgarishlarning eng muhimi, qushning sovuqqonlidan issiqqonli tuzilishga oʻtishi boʻlsa kerak. Bu qushlarning tuxumini bosib, doimiy haroratni saqlashi, joʻjalarini ham isitishi mumkinligini anglatadi. Natijada qushning uya qurishiga, avlodlariga gʻamxoʻrlik qilishiga, shuningdek, hozirgi qush hayotiga xos boʻlgan boshqa koʻplab funksiyalarga ega boʻlishiga toʻgʻri kelgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.