20.02.2024
Сhumchuqsimonlar daraxtda yashaydigan qushlar turkumiga mansub katta turkumni tashkil qiladi. Unga Britaniyada keng tarqalgan qushlar (masalan, chumchuqlar, sariqtumshuqlar va urugʻxoʻr sayroqi qush), shuningdek, kanareykalar ham kiradi. Kanareykalar koʻplab mamlakatlarda koʻpaytiriladi va yetishtiriladi, ammo ularning asl vatani Kanar orollari, Madeyra va Azor orollaridir. Erkinlikda yashovchi kanareykalarning uzunligi taxminan 14 santimetr boʻlib, usti jigarrang chiziqchali, zaytun-yashil rangda. Qorinchasi esa yashil-sargʻish rangda boʻladi.
Kanareykalar qafasda birinchi marta XVI asrda saqlana boshlangan va bugungi uy qushlari yovvoyi oʻtmishdoshlaridan biroz farq qiladi. Bu koʻp avlodlar davomida odamlar muayyan xususiyatlarga ega qushlarni koʻpaytirishga va ularning xususiyatlarini toʻxtatish uchun qilgan harakatlari tufayli roʻy bergan. Ayrim kanareykalar sayrashi, boshqasi tana tuzilishi, baʼzilari esa rangi uchun yetishtiriladi.
Eng mashhuri sayroqiligi uchun yetishtiriladigan uy kanareykalaridir. Hozirda Amerikada bu qushlar juda muvaffaqiyatli koʻpaytirilmoqda, ammo eng yaxshi sayroqi kanareykalar Germaniyaning Gars togʻlaridagi kanareykalar boʻlsa kerak. Yosh kanareykalar boshqa qushlarning ovoziga taqlid qilishini bilasizmi? Shuning uchun yosh kanareykani kuylashga oʻrgatish uchun voyaga yetgan eng yaxshi sayroqi qushlardan foydalaniladi. Baʼzan bulbulning sayrashi yozib olingan audiolar yordamida kanareykani bulbul kabi sayrashga ham oʻrgatish mumkin. Kanareykalarni parvarish qilish oson. Ularning qafasi tubida toza qum boʻlishi kerak. Qushlarning doimo toza ichimlik suvi boʻlishi lozim. Oziqlanishi uchun ularga bironta qush doni va ozroq oʻt yoki salat bargi kabi koʻkatlar berilishi kerak. Ularga nordon mevalar berish mumkin emas. Shuningdek, kanareyka karakatitsa suyaklarini choʻqilashni yoqtiradi, chunki undan kerakli ohakni oladi. Kanareykalar yelvizakka juda sezgir, shuning uchun qishda qafasni derazalar yoniga osmaslik kerak.
Vaqti-vaqti bilan ular qanotlarining chigilini yozishi uchun uchishi kerak, shuning uchun baʼzida ularni yopiq xonada qoʻyib yuborish foydali. Kanareykaning juda oʻsib ketgan tirnoqlarini tartibga solib turish ham zarur.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.