20.02.2024
Qushlarning uchib ketishi va kelishini hammamiz bilamiz. Odamlar baʼzi qushlarning bunday ketishi va qaytishini yilning navbatdagi mavsumi kelayotganini aniqlash maqsadida foydalanadi. Ammo hech kim qushlar nega bunday uzoq sayohatlarni amalga oshirishini toʻliq tushunmaydi. Buni faqatgina harorat oʻzgarishi bilan izohlay olmaymiz. Patlar qushni sovuqdan juda yaxshi himoya qila oladi. Albatta, ob-havoning sovushi va qushlar uchun ozuqa tanqisligi oʻzaro bogʻliq, bu ularning ozuqa yetarli boʻlgan joyga uchib oʻtishini izohlashi mumkin. Ammo nega bahorda ular yana shimolga uchib ketadi?
Baʼzi mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi va nasl qoldirish instinkti oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. Parvozlar qanday sabablarga koʻra amalga oshirilmasin, shubhasiz, qushlar koʻchib yuradigan barcha tirik jonzotlar orasida chempiondir. Qushlar orasidagi chempion — Arktika krachkasi. Bir yillik koʻchib oʻtish mobaynida bu hayratlanarli qushlar 22 000 milyaga teng masofani bosib oʻtadi. Krachkalar Shimoliy qutb doirasidan tortib, Massachusets shtatigacha boʻlgan kengliklarda uya quradi. Bu qushlar haftasiga oʻrtacha 1000 milya masofani uchib oʻtib, Arktikaga taxminan 20 hafta ichida yetib boradi.
Koʻpchilik qushlar koʻchib oʻtish davomida qisqa masofalarda to‘xtab-to‘xtab uchadi. Ammo bitta qush — tillarang Amerika loyxoʻragi ochiq okean ustidan uzoq vaqt davomida qoʻnishsiz uchib oʻta oladi. U Yangi Shotlandiyadan (Kanada) Janubiy Amerikaga 2400 milya masofani suv ustida biron joyga qoʻnmasdan uchib oʻtishi mumkin.
Qushlar koʻchishni har yilning aynan bir kunida boshlaydimi? Bu juda koʻp muhokama qilingan va koʻpchilik aynan shunday deb hisoblaydi. Garchi baʼzilari bunga juda yaqin boʻlsa ham, ammo har yili aynan maʼlum bir kunda uchib ketadigan bunday qushlar yoʻq.
Kaliforniyadagi mashhur Kapistrano qaldirgʻochlari 23-oktabrda uchib ketib, 19-martda qaytib keladi deb hisoblanadi. Bu tan olingan fakt deb hisoblansa-da, ularning ketish va qaytish sanasi yildan yilga oʻzgarib turishi aniqlandi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.