Mazaxchi o‘z ovozi bilan qichqirishi mumkinmi?

Aksariyat odamlar nomi hamda boshqa qushlarning sayrashi va qichqirigʻiga taqlid qilish qobiliyati tufayli mazaxchi¹ qushni boshqa hech narsaga qodir emas deb hisoblaydi. Bu jonzotning taqlid qobiliyatlari odamni hayratga soladi. Bir kuzatuvchi 10 daqiqa ichida mazaxchining 32 xil qush kabi sayraganini eshitgani haqida qayd etgan. Mazaxchi hatto boshqa qushlar kuyini takomillashtirib, ularga oʻz “usulini” qoʻshishi mumkin.

Mazaxchining baʼzan ferma yaqinida eshitadigan tovushlari — xoʻroz qichqirigʻi, itning hurishi, arava gʻildiragining gʻijirlashi yoki pochtachining hushtagi kabi tovushlarga ham taqlid qilishga harakat qilishini bilasizmi? Biroq bu aqlli qushning oʻziga xos va aniq ajralib turadigan sayrashi yoʻqligini anglatmaydi. Uning sayrashi juda yoqimli. AQSh janubida minglab uchraydigan bu qushning kuylari quloqqa xush yoqadi. Vaqti-vaqti bilan u qishda ham sayraydi. Taxminan mart oyining boshlarida u kunduzi va koʻpincha oydin kechalarda sayraydi. U oʻzining sayrash mahorati bilan faxrlanadiganga oʻxshaydi ham.

Koʻpincha bu qush boshqalarni sayrashda yengishga urinayotgandek tuyuladi. Ammo bu odamlarda mazaxchiga boʻlgan muhabbatni uygʻotadi. Qush tabiatan kirishimli va ishonuvchan boʻlib, u odam yonida yashashni istayotgandek tuyulishi mumkin. Baʼzan mazaxchi uyasini uyning kirish joyi atrofidagi buta yoki chirmashib ketgan oʻsimliklarga quradi. Shuningdek, devor burchagi, butalar, chakalakzorlarga ham qurishi mumkin. Uya chilvir va mato parchalari, daraxt poʻstlogʻi, patlardan — bir soʻz bilan aytganda, duch kelgan hamma narsadan yasaladi. U mustahkam qurilib, ichkarisi toʻshama bilan qoplanadi. Joʻjalari tuxumdan chiqqach, mazaxchi ularni himoya qilish uchun kurashishga shay turadi. U oʻzidan ikki baravar katta qushlarga, mushuklarga, itlarga va hatto odamlarga ham hujum qilishi mumkin.

Darhaqiqat, bu oʻz uyi va oilasini himoya qilish uchun kerak boʻlganda oʻlishga ham tayyor jonzotdir. Mazaxchi janubni afzal koʻrsa-da, baʼzida shimoliy shtatlarga ham boradi. Yozda uni Meksika koʻrfazi sohillarida uchratish mumkin.


[1] Mazaxchi qush — boshqa hayvonlar ovoziga taqlid qiluvchi oʻrmon qushchasi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!