Bo‘ronqush nima?

Avvalo shuni taʼkidlash kerakki, boʻronqush juda gʻayrioddiy qush. Uning inglizcha nomi — petrel suvda yura olgan avliyo Pyotr nomidan kelib chiqqan va bu qushlar ham bunga qodir. Bizning ular haqida bilganimiz shuki, ular pardali oyoqlarga ega (ular pardaoyoqli qushlar orasida eng kichigi) va ular qandaydir tarzda suv yuzasida turishga muvaffaq boʻlib, goʻyo uning yuzasi boʻylab yurgandek tuyuladi.

Boʻronqush — okean qushi. U deyarli butun umrini okean ustida oʻtkazadi va quruqlikka faqat tuxum qoʻyish davrida chiqadi. Dengiz boʻylab sayohat qiluvchilar uning kema atrofida aylanib yoki toʻlqinlar uzra uchib yurishini koʻrishi mumkin. Boʻron boshlanganida boʻronqushlar suvda “yurolmaydi” va shuning uchun kecha-yu kunduz havoda qolishga majbur boʻladi. Boʻronqushning kattaligi taxminan qaldirgʻochdek. Yozda AQShning sharqiy va janubiy qirgʻoqlarida paydo boʻladigan boʻronqushlar “Uilson boʻronqushlari” deb ataladi. Ularning pati qop-qora boʻlib, dumlari yonida oq dogʻlari bor. Ularning uzunligi taxminan 18 santimetr boʻlib, tumshugʻi kalta, oyoqlari esa yogʻochoyoqqa oʻxshash va uzun. Ular sayohatchilarni doʻstona chirillash bilan qutlaydi, lekin sayray olmaydi.

Yana bir boʻronqushni faqat shimoliy dengizlarda, masalan, Shimoliy muz okeani va Bering dengizida uchratish mumkin. U “Lich boʻronqushi” deb ataladi. Uning rangi jigarrang-qora boʻlib, uyasini yerdagi teshiklar, tashlandiq inlar yoki qoya yoriqlarida quradi. Urchish davrida bu qush hammadan yashirinishga harakat qiladi. Bir joyda yuzlab qushlar toʻplanishi mumkin, lekin ularni hech kim koʻrmaydi. Boʻronqushning jami 80 ga yaqin turi boʻlib, ularni dunyoning barcha okeanlarida, ayniqsa, janubiy dengizlarda uchratish mumkin. Ularning eng kattasi 88 santimetr oʻlchamdagi bahaybat boʻronqushdir. Shoʻngʻuvchi boʻronqush deb ataladiganining uzunligi esa 18—25 santimetrga teng. Burun teshigi naycha shaklida boʻlgani uchun barcha boʻronqushlar nayburunlilar turkumiga mansub.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!