Mollyuskalar nima bilan oziqlanadi?

Mollyuskalarni isteʼmol qilishni yoqtirasizmi? Koʻp odamlar uchun bu haqda oʻylash hatto ularning ishtahasini boʻgʻishi mumkin. Ehtimol, koʻp ming yillar davomida shunday ham boʻlgandir. Oq tanli odam Amerikaga kelib, hindular uni tanovul qilishini koʻrmaguncha, Yevropada hech kim bu jonzotni yeyish mumkin deb oʻylamagan. Mollyuskalar kitob muqovasi kabi ikkita mahkam yopilgan chigʻanoq bilan himoyalangan yumshoq va suyaksiz tanaga ega.

Mollyuskalarning ikkita asosiy — choʻzilgan yoki yumshoq chigʻanoqli va yumaloq yoki qattiq chigʻanoqli turi mavjud. Yumshoq chigʻanoqlilar okean tubidagi balchiqda oʻziga xos holatni egallab yashaydi. Ular bir uchi bilan balchiqqa tayanib, javondagi kitob kabi “turadi”. Uning ustki uchi oʻtkirroq. Chigʻanoq ochilganda, undan odamlar “boʻyin” deb ataydigan uzun oʻsiq chiqadi. Qachonki biror narsa mollyuska boʻynini tortib, chigʻanoq tavaqalari yopilishiga olib kelganida, bu oʻsiq suvni siqib chiqaradi. Qattiq chigʻanoqlilar yumshoq chigʻanoqlilarga qaraganda kattaroq boʻlib, ular qirgʻoq yaqinidagi okean tubida, qum yoki loyga biroz koʻmilgan holda yotadi. Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan juda yosh qattiq chigʻanoqlilar qisqa boʻyinli mollyuskalar deb ataladi. Unchalik kichik boʻlmaganlarni esa baʼzan “gilos danagi” deb atashadi.

Mollyuskalar nima bilan oziqlanadi? Mollyuskalar uchun dengiz mikroorganizmlari ozuqa boʻlib, ularni boʻyin orqali yutadi. Mollyuskalar harakatlanishga ham qodir: chigʻanoqning ochiq tavaqalari orasida oyoqcha boʻlib, u bilan loyga koʻmilib oladi yoki okean tubi boʻylab harakatlanadi. Mollyuskalarning eng kattasi boʻlgan gigant mollyuska chigʻanogʻining vazni 180—225 kilogrammni tashkil qiladi. U Sharqiy Hindistonning marjon riflarida yashaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!