Shilliqqurtlar tuxum qo‘yadimi?

Shilliqqurtlar mollyuskalarga, yaʼni skeleti boʻlmagan jonzotlarga mansub. Shilliqqurtlarning ikkita asosiy — chigʻanoqli va faqat yupqa mantiya bilan qoplangan turi mavjud. Ikkinchi guruh vakillari odatda “shilliqqurtlar” deb ataladi. Bu mollyuskalar oilasining barcha aʼzolari qorin tomonida bitta katta oyoqqa ega. Shuning uchun ular qorinoyoqlilar deb ataladi.

Bu guruhga katta okean shilliqqurtlari va mitra kiradi. Okean shilliqqurti chigʻanogʻining diametri taxminan 25 mm ni tashkil qiladi. Bu jonzotlarning barchasi bir yoki ikki juft moʻylovchalarga ega. Shilliqqurtlarning moʻylovchalari uchlarida yoki ularning tagida joylashgan ikkita koʻzi va ogʻzi bor. Ogʻiz koʻpincha xartumcha shaklida boʻladi. Uning uchida shilliqqurt oʻsimliklarni kemirishi uchun oʻtkir tishlari mavjud. Baʼzi shilliqqurtlar hayvonlar bilan oziqlanadi. Masalan, ustritsa chigʻanogʻini parmalab, uning yumshoq etini yeb maza qiladigan ustritsa shilliqqurti.

Shilliqqurtlar bitta oʻpka yoki oyquloq yordamida nafas oladi. Ularning koʻpincha chiroyli shaklga ega boʻlgan chigʻanoqlarini mantiya ishlab chiqaradi. Chigʻanoq odatda shilliqqurtning oʻsishi mobaynida oʻrama shaklda oʻsib boraveradi. Shilliqqurtlarning koʻpchiligi tuxum qoʻyadi. Ayrimlari bir nechta ancha katta, boshqalari esa juda koʻp, mayda tuxumlar qoʻyadi. Baʼzi turlarda yangi avlod tirik tugʻiladi.

Demak, ushbu kichik jonzotlar oʻrganish uchun juda qiziqarli obyekt ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Aytgancha, siz hech shilliqqurt goʻshtini tatib koʻrganmisiz? Koʻpgina mamlakatlarda bogʻ va dengiz shilliqqurtlarining goʻshti tansiq taom hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!