Devqomat odamlar guruhi mavjudmi?

Hammamiz pigmeylar borligini bilamiz. Past boʻyli pigmeylar boʻlgani kabi boʻyi oʻrtachadan baland odamlar guruhi ham bormi? Javob — yoʻq! Dunyodagi turli xalqlar turli xil boʻyga ega. Ayrim elatlar, masalan, eskimoslar, laplandiyaliklar va Janubiy Amerikadagi baʼzi hindu qabilalarining boʻyi past. Sharqiy Afrikadagi baʼzi mahalliy qabilalarining oʻrtacha boʻyi 1,8 m yoki undan ham baland. Ammo ular devqomat emas. Aslida, devqomatlar faqatgina afsona va folklorda mavjud.

Yevropa va Osiyoning koʻplab mamlakatlarida qadimgi davrlarda boʻlgan gigantlar haqidagi afsonalar mavjud. Ammo bunday odamlar haqiqatan ham boʻlganligini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yoʻq. Hammamiz sirk va estrada tomoshalarida chiqishlar qiladigan devqomatlar haqida bilamiz. Ular qanday qilib bunday baland boʻyli boʻlgan? Odatda bu tanasining rivojlanishida biron bir ogʻish boʻlgan odamlardir. Koʻpgina hollarda, bu tanamizdagi eng muhim bezlardan biri — gipofiz bezining notoʻgʻri ishlashi bilan bogʻliq. Gipofiz koʻplab aʼzolarning faoliyati va oʻsishini tartibga soladi. Baʼzida shish paydo boʻlishi mumkin. Bu shish bezning kattalashishiga olib keladi va u juda koʻp gormon ishlab chiqarishni boshlaydi.

Ushbu gormonlardan biri, oʻsish gormoni boʻlib, tananing ichki aʼzolari va skeletlar oʻlchamiga taʼsir qiladi. Agar gormon suyaklarning hali oʻsish jarayonida ortiqcha miqdorda chiqarilsa, ular oʻsishda davom etadi. Bu holat sodir boʻlgan odamning boʻyi 2,4 metrga yetishi mumkin. Bu holat gigantizm deb nomlanadi. Ammo bu odam tanasida biron bir narsa joyida boʻlmaganligi tufayli gigant boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!