Bezgak qanday kasallik?
Bezgak qanday kasallik? Malyariya qanday paydo bo'ladi?
2 min
Inson organizmi

Bunga ishonish qiyin, lekin har yili 2 milliondan ortiq odam bezgakdan vafot etadi. Bu dunyoda, ayniqsa tropik daryolar hududida eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Bu kasallik aynan shu joylarda keng tarqalganligi ajablanarli emas, chunki u anofeles — malyariya tashuvchisi boʻlgan chivinlarning yashash joylari. Malyariya mikroblari qizil qon tanachalarini parchalaydi. Tez orada har bir mikrob bir necha qismga boʻlinadi. Mikroblar qizil qon tanachalaridan xalos boʻlib, yangi qon tanachalariga hujum qiladi. Bu titroq (et uvishishi) va isitmaning sababidir. Navbatma-navbat keladigan isitma va titroq bezgakning aniq alomatidir. Hurujlar har 3—4 kunda sodir boʻladi.

Koʻpgina hollarda, parchalangan qizil qon tanachalari qon tomirlarga (odatda miyadagi) tiqilib, odamning oʻlimiga olib kelishi mumkin. Mikroblar urgʻochi bezgak chivinining oshqozonida yashaydi. Bu mikroblar soʻlak bezlari orqali chivinning oshqozonidan xartumchasiga (ogʻziga) oʻtadi. Chivin odamni chaqqanida mikroblar odamning qoniga oʻtadi. Malyariya juda keng tarqalgan kasallik boʻlsa-da, tibbiyot bir kun kelib uni butunlay yoʻq qilishiga umid qiladi. Bunga faqat bezgak chivinlari nazorat qilinganda va mikroblar tarqalmaganida erishish mumkin. Ammo buni faqatgina xalqaro hamjamiyat tomonidan ishlab chiqilgan qo‘shma dastur asosida amalga oshirish mumkin. Ayni paytda, malyariyani yoʻq qilishning eng yaxshi usuli bu — malyariya tarqalgan hududdagi uylarda DDT1 purkashdir.

Malyariyaga qarshi kurashning yana bir usuli — bezgak chivini avlodlarini yoʻq qilish. Buning uchun botqoqliklar, oqmas koʻllar — bezgak chivini tuxum qoʻyishi mumkin boʻlgan barcha joylar quritiladi. Malyariyaning asl sababi aniqlanishiga qadar, bunga zaharli botqoqlardan koʻtariladigan bugʻlanish sabab boʻladi deb hisoblangan. Kasallik nomining paydo boʻlishi ham shu bilan bogʻliq. “Malyariya” soʻzi Italiyadan kelgan va tarjimasi “yomon havo” degan maʼnoni anglatadi.


[1] DDT (dixlordifenil trixlormetilmetan) — chivin, paxta zararkunandalari va boshqalarga qarshi ishlatiluvchi vosita.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!