20.02.2024
Koʻpchilik ichida oʻralib yotgan va hazm jarayonida ovqatning harakatlanadigan yoʻli haqida noaniq tasavvurga ega. Ammo uning qanday ishlashini faqat sanoqli odamlargina tushunadi. Hayvonlarning ichak uzunligi u isteʼmol qiladigan ozuqa turiga bogʻliq. Ovqatni qayta ishlashda ovqat hazm qilish vositalariga kamroq ehtiyoj boʻlganligi sababli etxoʻr hayvonlarning ichagi qisqaroq boʻladi.
Goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilishni afzal koʻrgan odamlarning ichaklari sabzavotlarni tez-tez isteʼmol qiladigan odamlarnikiga qaraganda qisqaroq boʻladi. Inson ichaklarining uzunligi taxminan 3 metrni tashkil etadi. Ammo odam vafotidan soʻng mushaklarning oʻlimdan keyingi boʻshashishi tufayli ichak 8,5 metrgacha choʻziladi. Ichak devorlari asosan mushak tolalaridan iborat. Bu ichak orqali oʻtadigan ovqatni qayta ishlash uchun kerak. Ichakda ovqat muayyan sekretsiyalar bilan aralashib, harakatda davom etadi.
Buni amalga oshirish uchun ingichka ichak bir qator halqasimon burilishlar hosil qiladi. Har bir halqa ovqat zarralarini ushlab turib, qayta ishlaydi. Ovqatni aralashtirish va hazm qilish taxminan 30 daqiqa davom etadi. Soʻngra ovqat keyingi halqaga suriladi. Ingichka ichak devorlaridagi 20 millionta mayda bez ovqat hazm boʻlishiga yordam beradi. Bu bezlar 5 dan 10 litrgacha hazm shirasini ishlab chiqaradi. Ovqat bir muncha vaqt oʻtgach yarimsuyuq holatda yoʻgʻon ichakka oʻtishi uchun shira ovqatni namlaydi va yumshatadi.
Agar kattalashtiruvchi oyna orqali ichak devorlari koʻzdan kechirilsa, ular silliq emas, balki chiyduxobaga oʻxshashligini koʻrish mumkin. Devorlar millionlab mayda paypaslagichlarga o‘xshash ichak vorsinkalari bilan qoplangan. Ular bezlarga qachon shira quyish kerakligi haqida signal beradi va ozuqa moddalarini shimib olish funksiyasini bajaradi. Shira hazm qilolmagan ovqat yoʻgʻon ichakda yashovchi bakteriyalar tomonidan hazm qilinadi. Bu jarayon parchalanish deb ataladi. Milliardlab bakteriyalar biz isteʼmol qilgan ovqatning dagʻal qismlarini (masalan, meva qobigʻi) maydalab, kerakli oziq moddalarni siqib chiqaradi. Bu ichaklarimiz faoliyatining faqatgina sxematik tavsifi. Ichak tanaga juda zarur boʻlgan, katta aʼzo.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.