Puls nima?
Puls qanday paydo bo'ladi? Puls nima haqida ma'lumot beradi?
2 min
Inson organizmi

Pulsingizni yuzlab marta oʻlchagan boʻlsangiz kerak. Axir oʻzingiz yoki boshqa birovda pulsni oʻlchash unchalik qiyin emas. Buni hamshira yoki shifokor bajarganda, bemor oʻtiradi yoki yotadi. Qoʻl boʻshashgan holatda va bosh barmoq yuqoriga buriladi. Hamshira koʻrsatkich barmogʻi bilan bilakdagi yurak urish tezligini bosh barmoqning asosiga yaqinroq joyda topadi. Zarbalar soni bir daqiqa mobaynida hisoblanadi. Bundan tashqari, pulsni oyoq doʻngsasi (ustki qismi), chakka va boʻyinda topish mumkin. Endi esa aynan nima topilishini va oʻlchanishini koʻrib chiqamiz.

Puls yurakning qanday tezlikda urayotgani va qon aylanish tizimidagi bosimni aniqlashga imkon beradi. Yurak ishida pauza mavjud. Ushbu pauza paytida aorta devori qisqaradi. Bu qisqarish ortiqcha qonni (yurakdan hozirgina kelib tushgan) qon aylanish tizimi boʻylab harakatlanishiga majbur qiladi. Aortaning keyingi kengayishi va qisqarishi (yoki pulsatsiyasi) tanadagi butun arteriya tizimi boʻylab harakatlanadigan tebranishni keltirib chiqaradi.

Teriga yaqin joylashgan har qanday arteriyada sezilishi mumkin boʻlgan tomirlar pulsatsiyasi puls deb ataladi. Puls toʻgʻridan toʻgʻri yurak qisqarishiga bogʻliq boʻlganligi tufayli bu yurakning urish tezligi haqida maʼlumot beradi.

Yurak urish tezligi tananing qonga boʻlgan ehtiyojiga bogʻliq. Kichik oʻlchamdagi tana katta tanaga qaraganda koʻproq issiqlik yoʻqotganligi sababli, u faol qon aylanishini talab qiladi. Shuning uchun ham kichik qushlarning pulsi deyarli 200 zarbaga yetadi. Mushuklarning pulsi taxminan 130, odamlarda — 75, otda — 35, filning pulsi esa atigi 25 ta boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!