Antitana nima?
Qonga tushgan bakteriya zahar chiqaradi.
2 min
Inson organizmi

Bakteriya dunyodagi eng keng tarqalgan tirik mavjudotdir. Biz ushlaydigan har bir narsada, har bir nafasda millionlab bakteriyalar mavjud. Barcha bakteriyalarning taxminan 80 foizi zararsizdir. Ularning unchalik katta boʻlmagan qismi haqiqatan ham biz uchun foydali va kichikkina guruh tanamiz uchun zararlidir. Shubhasiz, tanamiz bakteriyalar bilan birga yashaydi.

Tana bakteriyalar koloniyalarini boqadi, bakteriyalar esa oʻz navbatida ovqatni hazm qilish kabi foydali funksiyalarni bajaradi. Tanamizga kirgan zararli bakteriya bilan nima sodir boʻladi? Masalan, difteriya keltirib chiqaradigan bakteriya “difteriya toksini” deb ataladigan kuchli zahar ishlab chiqaradi. Bu toksin nerv tizimi orqali tarqaladi.

Unchalik halokatli boʻlmagan boshqa bakteriyalar ham qonga zahar chiqaradi. Bu sodir boʻlganda, tanada zaharga qarshi kurashish uchun modda ishlab chiqariladi. Ushbu moddalar antitanalar deb ataladi. Bakterial zaharga qarshi kurashish uchun ishlab chiqarilgan maxsus antitana “antitoksin” deb nomlanadi. Ular toksinlar bilan birlashib, taʼsirini yoʻqotishi va zararsizlantirishi mumkin.

Har bir antitana ushbu antitanani paydo qilgan toksinga xosdir. Agar tananing himoyasi kuchli boʻlgan taqdirda shunday boʻladi. Xavfli begona narsa tanaga kirganda, uni “politsiyachi” kutib oladi va u zararsizlantirilguniga qadar birgalikda harakatlanadi. Ammo organizm oʻziga tushadigan barcha turdagi bakteriyalarga qarshi kurashish uchun yetarli miqdorda antitana ishlab chiqarmaydi. Shuning uchun ham shifokorlar koʻplab kasalliklarga qarshi antitanalarga ega zardob bilan emlaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!