20.02.2024
Oddiy hayvonlarning tishi butun umri davomida almashadi. Tishlar yeyilib tushishi bilanoq ularning oʻrnida darhol boshqalari oʻsib chiqadi. Odamda esa tish faqat bir marta almashadi. Ikki yoshga toʻlgan bolalarda sut tishlari deb ataladigan atigi 20 ta tish boʻladi. Sut tishlari ostida ikkinchi tishlar boʻlib, ular olti yoshdan keyin chiqa boshlaydi. Bu sut tishlari 12 yoshga kelib toʻliq almashadi.
Voyaga yetgan kishida 32 ta oziq tishdan iborat toʻliq toʻplam boʻlishi kerak. Shundan soʻng yangi tishlar oʻsib chiqmasligi tufayli ularning yemirilishi oldini olish uchun toʻgʻri parvarish qilish lozim. Odatda emal buzila boshlaydi. Emalda qandaydir nuqson paydo boʻlganini koʻrish, bu esa arzimagan kichik teshik boʻlishi ham mumkin. Ammo ogʻizda doimo mavjud boʻladigan bakteriyalar tez orada emal yuzasini buzib, uning ostiga joylashadi. Bakteriyalar emalni yemaydi, ammo dentin kanallarida joylashgan dentin va limfa bilan oziqlanadi. Natijada bakteriyalar kanallarning devorini yeb bitiradi va emalda yoriq paydo boʻladi. Bu birmuncha vaqt sezilmasligi mumkin.
Ammo bakteriyalar tishni ancha kemirib, devorlar juda yupqalashsa, biz buni darhol sezamiz. Bu issiq yoki sovuq narsa teshik orqali pulpa ichiga kirishi sababli sodir boʻladi. Pulpa tish markazidagi boʻsh joyni egallagan va nervlarga toʻla. Bu nervlar sovuq yoki issiq taʼsirida qoʻzgʻaladi.
Tishlarning sovuq yoki issiqqa sezgirligi oshgani yemirilish boshlanganini anglatadi. Dentin kanallari orqali pulpaga kirgan bakteriyalar u yerda moʻl-koʻl ozuqa va koʻpayish uchun muhit topadi. Natijada anchagina noqulayliklar kelib chiqaradigan, hatto biron narsa yeyishga imkon bermaydigan tish ogʻrigʻi paydo boʻladi. Tish qobigʻi oʻlishni boshlaydi. Qissadan hissa shuki, tish shifokori koʻrigidan tez-tez oʻtib turing.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.