20.02.2024
Gormonlar endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. “Endokrin” soʻzi bezning ichki sekretsiyasi degan maʼnoni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, ularni chiqaruvchi kanallarga ega boʻlmagan bezlar deb ham atash mumkin. Chunki ular sekretsiyalarini kapillyarlarga emas, balki toʻgʻridan toʻgʻri qonga chiqaradi. Gormonlar baʼzi ichki aʼzolar, masalan, jigar va buyraklar tomonidan ham ishlab chiqariladi. Ammo tanadagi gormonlarning aksariyati bezlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Gormonlarning har biri tanaga oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, gormonlarning vazifasi organizmning ichki faoliyatini, masalan, oʻsish va ovqatlanish, ozuqa moddalarining toʻplanishi hamda sarflanishi, koʻpayish jarayonini boshqarishdir. Agar bezlar gormonlarni yetarsiz yoki ortiqcha miqdorda ishlab chiqarsa, unda odamning jismoniy rivojlanishida ogʻishlar kuzatilishi mumkin.
Tanamizda bir nechta asosiy bez va gormonlar, xususan, boʻyinda qalqonsimon bez joylashgan. U tanadagi oʻsish, rivojlanish va moddalar almashinuviga taʼsir qiluvchi gormon ishlab chiqaradi. Bosh suyagi tagida joylashgan gipofiz bezi ikki qismdan iborat. Maʼlumki, bu bezning bir qismi tomonidan ishlab chiqarilgan gormon oʻsishni boshqaradi. Gipofiz bezining boshqa bir qismi suv va yogʻ isteʼmolini tartibga solishga yordam beradi, qon bosimini, shuningdek, tananing issiqlik almashuvi jarayonini boshqaradigan ikkita gormonni ishlab chiqaradi.
Shuningdek, har bir buyrakning ustki qismida joylashgan yana ikkita muhim bez mavjud. Ular adrenalin deb ataladigan gormon ishlab chiqaradi. Ushbu gormon qon bosimi va tananing stressli yoki hissiy holatlarga boʻlgan munosabati bilan bogʻliq. Hayajon yoki qoʻrqqanimizda bu gormonning katta miqdori ishlab chiqariladi. Tanadagi boshqa bezlar jinsimiz bilan bogʻliq boʻlib, homilaning oʻgʻil yoki qiz ekanligini belgilaydi. Shunday qilib, gormonlar biz va sogʻligʻimiz uchun juda muhim ekanligiga ishonch hosil qildik.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.