Parazitlar nima?

Baʼzan odamlardan parazit kabi yashashni istamasligini eshitish mumkin. Ular hamma narsani oʻzi qilishni xohlaydi. Parazitlar “xoʻjayin” deb ataladigan boshqa organizmlarning ichida yoki sirtida yashaydi. Barcha tirik mavjudotlar mustaqil ravishda yashaydi. Ammo parazitlar boshqa organizmlar hisobiga yashab, evaziga hech narsa bermaydi. Oʻsimliklar ham, hayvonlar ham parazit boʻlishi yoki ular oʻsimlik yoki hayvonlarda yashashi mumkin. Baʼzida parazitlar har xil turdagi “xoʻjayinlar” bilan yoki bitta turdagi “xoʻjayin” bilan birga yashaydi.

Mazkur parazitlar “xoʻjayin”ning barcha “sharbat”ini soʻrib olib, zaharli moddalarni chiqaradi va bu bilan uni oʻldiradi. Parazitlarning deyarli barcha shakllari juda serpusht va bardoshlidir. Agar bunday boʻlmaganida, ularni butunlay qirib tashlash mumkin edi. Keling, ayrim parazitlarni koʻrib chiqaylik. Ularning eng kichigi bakteriyalardir. Maʼlumki, bakteriyalar hayvon va oʻsimliklarda, shuningdek, odamlarda kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

Rivojlanganiga koʻra, keyingi parazitlar — zamburugʻlar. Odamlarda temiratki paydo boʻlishiga oʻsimlik parazitlaridan biri sababchi boʻladi. Boshqa turlari zang, mogʻor va oʻsimliklarning qurib ketishiga olib keladi. Hayvonot dunyosida koʻplab parazitlar mavjud. Bu yerda ham eng kichik parazit eng ahamiyatlilaridan biridir. Protozoa deb ataladigan mikroskopik kattalikdagi bir hujayrali hayvon bor. Bu parazitlar odamda Afrika uyqu kasalligi, bezgak va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Qurtlarning ayrim turlari parazit hayvonlarning navbatdagi guruhidir. Yumaloq qurt — trixina choʻchqa va odamlarda trixinoz kasalligining sababchisi. Gijja va yassi qurtlar ham parazitlardir. Teriga joylashadigan parazitlarning eng yuqori shakli burga, kana va bitlardir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!