20.02.2024
Ikkita loviya shaklidagi yapaloq, qattiq ichki aʼzo boʻlgan buyraklar tanamizning eng muhim aʼzosi hisoblanadi. Ularning uzunligi taxminan 10 santimetrga teng va umurtqa pogʻonasining ikki tomonida, bel qismida joylashgan.
Buyraklar tanadan nomaqbul moddalarni chiqarib yuboradi. Organizm ehtiyoji uchun muhim boʻlgan narsalarni olishi zarurligi kabi keraksiz boʻlgan va qayta ishlashga qodir boʻlmagan narsalardan xalos boʻlishi ham muhimdir. Shuningdek, buyraklar qondagi suv va boshqa moddalar miqdorini ham tartibga soladi. Har bir buyrakning tashqi tomonida kapillyarlar mayda halqalarni hosil qilib, yupqa parda bilan qoplangan oʻramlarda toʻplanadi. Har bir buyrakda 1,5 millionga yaqin shunday oʻram mavjud. Buyraklar orqali har daqiqada boshqa aʼzolarga nisbatan koʻproq qon oʻtadi. Oʻramlar erigan mayda moddalarni olib yurgan qon oqimining parda orqali oʻtishini taʼminlaydi.
Kiruvchi suyuqlik peshob deb ataladi. U har bir oʻramni oʻrab turgan kosasimon shakldagi devor ichida toʻplanadi. Buyrak kanalchalari deb ataladigan juda yupqa naychalar peshobni kosachalardan chiqaradi. Peshob ingichka kanalchalar boʻylab harakatlanayotganda, uni qoplagan hujayralar qon va peshob almashinuvini amalga oshiradi. Tanaga kerakli moddalar qonga qaytadi. Shu sababli shakar tanadan chiqmaydi. Kanalchalardagi suvning katta qismi ham qonga qaytadi.
Shunday qilib, buyraklar tanadagi kerakli namlikni saqlashga yordam beradi. Agar kishi terlasa yoki kam suv ichsa, buyraklar qonga koʻproq suyuqlik qaytaradi. Shunda peshob kamroq hosil boʻladi. Buyrak kanalchalari qondagi kislota miqdorini tartibga solishga ham yordam beradi. Barcha kichik kanalchalar buyraklar ichida toʻplanib, buyrak jomi deb ataladigan boʻshliqqa chiqadi. Keyin peshob har bir buyrakni siydik pufagi bilan bogʻlaydigan, peshob yoʻllari deb ataladigan ikkita naychalar orqali oʻtadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.