Tana qon hujayralarini qanday ishlab chiqaradi?

Voyaga yetgan inson tanasida taxminan olti litr qon bor. Bu suyuqlikda taxminan 35 milliard qon hujayrasi mavjud. Bunday katta miqdorni tasavvur qilish juda qiyin, lekin bu bizni oʻylashga undashi mumkin. Har bir qon hujayrasi shunchalik kichikki, uni faqat mikroskop yordamida koʻrsa boʻladi. Agar ushbu hujayralardan yasalgan zanjirni tasavvur qilsak, unda bu zanjir bilan dunyoni toʻrt marta aylantirib chiqish mumkin. Bu hujayralar qayerdan paydo boʻladi?

Ertami-kechmi bu hujayralarning har biri parchalanib, yangisi bilan almashtirilishini hisobga olsak, shubhasiz, bunday aql bovar qilmas miqdordagi hujayralarni ishlab chiqarishga qodir boʻlgan “zavod” hayratlanarli mahsuldorlikka ega boʻlishi kerak. Qon hujayralarining “tugʻilish joyi” — suyak iligi. Sindirib ochilgan suyakka qarab, uning ichida qizil-kulrang rangli sergʻovak modda — suyak iligini koʻrish mumkin. Mikroskop ostida undagi qon tomirlarining butun tarmogʻi va biriktiruvchi toʻqimalarni ilgʻash mumkin. Ushbu toʻqima va qon tomirlari oʻrtasida son-sanoqsiz suyak iligi hujayralari mavjud. Ularda qon hujayralari hosil boʻladi.

Qon hujayrasi suyak iligida boʻlgan vaqtida, u oʻz yadrosiga ega mustaqil hujayradir. Ammo u suyak iligidan qon oqimiga qoʻshilish oldidan oʻz yadrosini yoʻqotadi. Natijada yetuk qon hujayrasi ortiq toʻliq hujayra boʻlmaydi. Endi u tirik element emas, balki faqat mexanik qurilma kabi narsa boʻladi. Qon hujayrasi protoplazmadan yasalgan va uni qizil rangga boʻyaydigan qon gemoglobini bilan toʻldirilgan havo pufagiga oʻxshaydi.

Qon hujayrasining yagona vazifasi — oʻpkada kislorod bilan birikish va toʻqimalarda karbonat angidridni kislorod bilan almashtirish. Tirik mavjudotdagi qon hujayralarining soni va hajmi uning kislorodga boʻlgan ehtiyojiga bogʻliq. Qurtlarda qon hujayralari yoʻq. Sovuqqon — ham quruqlik, ham suvda yashovchilarning qonida nisbatan kam miqdordagi katta hujayralar mavjud.

Eng koʻp qon hujayralari togʻli hududlarda yashaydigan kichik issiqqon hayvonlarda uchraydi. Insonning suyak iligi kislorodga boʻlgan ehtiyojga koʻra moslashadi. Yuqori balandliklarda u koʻproq hujayralar hosil qiladi, past balandliklarda esa — kamroq. Togʻlarda yashovchi odamlardagi qon hujayralari soni dengiz sohilida yashovchilarnikiga qaraganda ikki baravar koʻp boʻlishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!