Oq qon hujayralari qanday vazifani bajaradi?
Leykotsitlar nima? Oq qon hujayralari haqida ma'lumot
2 min
Inson organizmi

Qon hayot uchun juda zarur boʻlgan va unchalik ham oddiy boʻlmagan narsa emasligiga amin boʻldingiz. Xuddi shu kabi turli xil moddalar organizmda oʻz ishini bajaradi va har biri oʻziga yarasha muhimdir. Qondagi qizil hujayralar miqdori ancha koʻp boʻlib, qonga oʻz rangini bersa-da, oq qon hujayralari ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. Oq qon hujayralari leykotsitlar deb ataladi. Oddiy leykotsitlarning aksariyati granula koʻrinishidagi hujayralardir. Ushbu hujayralar qon orqali mikroblar yoki shikastlangan toʻqimalar toʻplangan joylarga oʻtadi. Bu hujayralarning neytrofil leykotsitlar deb ataladigan baʼzi turlari bakteriyalarni oʻrab olib, ularni yoʻq qiladi. Shuningdek, ular oʻlik toʻqimalarni qayta ishlaydigan va yumshatib yiringga aylantiradigan moddalarni chiqaradi.

Oq qon hujayralarining yana bir turi limfotsitlar deb ataladi. Limfotsitlar soni koʻpincha tananing infeksiyaga nisbatan uzoq davom etayotgan qismida koʻpayadi. Bu organizmning infeksiyaga qarshi kurashish harakatlarining bir qismi boʻlgani sabab ular juda muhim ish qilishiga ishonishingiz mumkin.

Oq qon hujayralarining monotsitlar deb ataladigan yana bir turi mavjud. Bu hujayralar toʻqimalardagi boshqa hujayralar bilan birgalikda oʻlik moddalar zarrarini toʻplash, shuningdek, kir zarralarini oʻrab olib, ularning sogʻlom toʻqima hujayralari bilan aloqa qilishiga yoʻl qoʻymaslik qobiliyatiga ega. Aytgancha, oq qon hujayralari organizm uchun zarur boʻlsa-da, lekin ular miqdorining juda ortib ketishi ham yaxshi emas.

Agar koʻp miqorda oq hujayralar hosil boʻlsa va ular zarur boʻlgan sogʻlom, faol hujayralarga aylanmasa, bu holat leykemiya yoki qon saratoni deb ataladi. Shuning uchun ham qonning tarkibida kimyoviy formuladagi kabi barcha tarkibiy qismlar — qizil va oq hujayralar, oqsil, tuz, uglevod, yogʻ va boshqalarning kerakli miqdori boʻlishi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!