20.02.2024
Biz qon yoʻqotmasligimiz kerak. Qonning uchdan bir qismini yoʻqotish sogʻlom odam hayoti uchun xavf tugʻdirmasa-da, kasal boʻlganda qon yo‘qotish yoki tinimsiz ravishda qon yoʻqotish juda xavfli boʻlishi mumkin. Tabiat bizni bu xavfdan himoya qilish maqsadida, qonga ivish xususiyatini bergan. Agar ivish qon aylanish tizimida sodir boʻlganda, bu ham juda xavfli boʻlardi. Qon tomirlarning silliq devori bilan aloqa qilganda koagulyatsiya (yoki qon ivishi) yuz bermaydi. Darhaqiqat, agar qon silliq devorli yoki moylangan shisha idishga quyilsa, u ivimaydi.
Agar qonga shisha tayoqcha botirilsa, u ivimaydi. Lekin yogʻoch tayoqcha botirilganda ivish jarayoni boshlanadi. Shuning uchun ham qon ivish jarayonining boshlanishi uchun dagʻal yuza yoki qon tomirlarining shikastlanishi kerak deb taxmin qilish mumkin. Dastavval, qonda fibrin deb ataladigan moddaning nozik ipchalari paydo boʻladi. Bu iplar toʻr kabi narsa hosil qiladi va oʻrgimchak toʻri pashshani oʻrab olgani singari qon hujayralarini chirmab ola boshlaydi. Bu joyda qon oqimi toʻxtab, qon hujayralari toʻplana boshlaydi. Bu fibrin iplari juda pishiq va elastik boʻlib, qon hujayralarini quyqa shaklida ushlab turishi mumkin.
Qon quyqasi tabiat bizni qon yoʻqotishdan himoya qilish uchun yaratgan gigroskopik paxtaga oʻxshaydi. Turli odamlarda qon har xil tezlikda iviydi. Hatto qoni juda sekin iviydigan yoki umuman ivimaydigan kishilar ham bor. Bu holat gemofiliya deb ataladi. Yuqish usuliga koʻra, bu juda xavfli kasallik. Gemofiliya faqat erkaklarga taʼsir qiladi, lekin hech qachon toʻgʻridan toʻgʻri otadan oʻgʻilga oʻtmaydi. U otadan qizga oʻtishi, qiz oʻzi sogʻlom boʻlib qolib, bu kasallikni oʻgʻliga yuqtirishi mumkin. Shunday qilib, bu kasallikni kasal boboning nabirasi “meros” qilib oladi.
Balki ushbu kasallikning eng taniqli namunasi, Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriyadir. U ham, uning turmush oʻrtogʻi ham gemofiliyani ota-bobolaridan “meros” qilib olgan. Natijada ularning olti nabirasi bu kasallikdan aziyat chekkan va ular orasida Ispaniyaning valiahd shahzodasi va oxirgi rus podshosining oʻgʻli ham boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.