Arteriya venadan qanday farq qiladi?
Arteriya va venadan qaysi biri muhimroq?
2 min
Inson organizmi

Hech bir shahar transport tizimi samaradorligi boʻyicha tananing qon aylanish tizimi bilan bellasha olmaydi. Agar nasos stansiyasida uchrashadigan katta va kichik ikkita quvur tizimini tasavvur qilsangiz, unda qon aylanish tizimini koʻz oldingizda gavdalantira olasiz. Kichikroq quvurlar tizimi yurakdan oʻpka va tananing orqasiga oʻtadi. Kattasi — yurakdan boshqa turli aʼzolarga ketadi. Bu quvurlar arteriya, tomir va kapillyarlar deb ataladi.

Arteriyalar qon yurakdan boradigan tomirlardir. Venalar orqali qon yurakka qaytadi. Umuman olganda, arteriyalar toza qonni turli aʼzolarga olib boradi, venalar esa turli chiqindilar bilan toʻyingan qonni olib qaytadi. Kapillyarlar qonni arteriyalardan venalarga oʻtkazuvchi qon tomirlardir. Nasos stansiyasi bu — yurak. Arteriyalar bilak, oyoqning yuza qismi, chakka va boʻyin sohasidan tashqari joylarda toʻqimalarda chuqur joylashgan. Bu joylarning har birida puls seziladi va shunga asosan shifokor arteriyalarning holati toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi mumkin.

Eng katta arteriyalarning yurakdan chiqadigan qismida klapanlar mavjud. Bu tomirlar choʻzish va qisqarish qobiliyatiga ega boʻlgan koʻplab elastik mushaklardan iborat. Arterial qon yorqin qizil rangga ega va arteriyalar orqali toʻlqinsimon tarzda harakatlanadi. Venalar teri yuzasiga yaqinroq joylashgan boʻlib, ulardagi qonning rangi toʻqroq boʻladi va nisbatan tekisroq oqadi. Ularning koʻlami boʻylab maʼlum masofalarda klapanlar mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!