Sayyoramiz hikoyasi / Yer necha yoshda? U haqida nimalar bilamiz?

Biz istiqomat qilayotgan Yer bundan 4,500 million yil avval Quyosh shakllanishidan qolgan chang va qoldiqlarning birlashishidan hosil boʻlganligini bilasizmi? Samolyotlar, pitsa yetkazib berish yoki internet boʻlmagan oʻsha paytlarda narsalar hozirgiga nisbatan ancha sekin harakatlanar edi.

Masalan, alohidalanib qolgan suv koʻlmaklaridan 400—800 million yil davomida okeanlar shakllangan.
Bu vaqtda sochingiz shunchalik oʻsib ketadiki, uning uzunligi Yer atrofini aylanib chiqishga yetardi. Hatto ikki marta aylanib chiqishga…

Aynan shuncha vaqtda bakterial hayot suvga toʻla olam boʻylab yoyildi. Rivojlangan oʻsimlik va hayvonlar shakllanishi, yoyilishi uchun boʻlsa bundan ham uzoqroq vaqt ketdi. Ammo biz oradagi 3 milliard yilni oʻtkazib yuboramiz (bu vaqtda sochingiz oʻsib, uning uzunligi Oygacha yetib borgan boʻladi) va Homo sapiens, yaʼni odamlar haqida gaplashamiz.

Biz sochimizdan ancha tezroq harakatlangandik. 180 ming yil ichida sochimiz bor-yoʻgʻi 27 km oʻsgan boʻlsa, inson bu vaqtda Afrikani kesib oʻtib, barcha muzlamagan qitʼalarga yetib bordi. Biz bu joylarning koʻpida qishloq xoʻjaligi kabi foydali narsalarni oʻylab topdik. Ammo yer boʻylab tarqoq boʻlganimiz tufayli eng yaxshi gʻoyalar va eng mazali mahalliy taomlar savdo yoki migratsiya bilangina yoyilishi mumkin edi. Masalan, bugʻdoy boʻtqa qilish maqsadida miloddan avvalgi 8500-yillar atrofida xonakilashtirilgan. Baʼzilar u pivo uchun olingan boʻlishi ham mumkin deydi, Nima boʻlganda ham bugʻdoy Yaqin Sharqdan Atlantikaga ham, Tinch okeaniga ham taqriban miloddan avvalgi 2500-yillargacha yetib kelishga ulgurdi.
6000 yilda 6000 km aqlga sigʻmas tezlikdek koʻrinishi mumkin. Lekin biz hali oʻrta asrlar haqida gapirmadik.

Bubonli oʻlat va yozuv mashinkasi har biri butun Yevropa boʻylab yuz yildan kamroq vaqtda tarqalib, sochi 15 metr oʻsishga ham ulgurmagan aholiga oʻlim va savodxonlikni olib keldi.

XX asrda The Beatles musiqa guruhi va Hula halqasi oʻyinchogʻiga mukkasidan ketish butun dunyo boʻylab bir—ikki yilda aylanib chiqishga ulgurdi.

Hozir esa biz uchun bir yil ham juda uzoq vaqt. Har kuni millionlab odam butun dunyo boʻylab koʻngilxushlik uchun aylanib yurgan bir paytda koronavirus kabi kasalliklar bir necha hafta ichida “dam olish” uchun istalgan yerga borishi mumkin. 0 va 1 lardan iborat boʻlgan bu video sizgacha yetib borishi uchun ham oʻrtacha soniyaning oʻndan biricha vaqt ketadi. Bu yarim nanometr yoki ikki atom uzunligicha oʻsgan soch deganidir.

Koʻrib turganingizdek, Yerdagi harakatlanish surʼatlari juda tezlashib ketdi. Ammo bu narsalarni qayerdan bilamiz? Yerda yozilgan tarix manbalaridan oldin nima boʻlganini-chi? Nega Yer 4 500 000 000 yoshda deb oʻylayapmiz? Keyingi 45 yilda Yerda nimalar roʻy boʻladi? Yer haqida nimalar bilishimiz va bilganlarimizni qayerdan bilib olganimiz haqidagi hikoyaga xush kelibsiz.


Ushbu mavzuga doir video → youtu.be/1YHNMoDZCNw

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!