Nega qum hamma joyda bir xil?

Qum. Uni kichik qasrlar qurish, qumsoat bilan vaqtni aniqlash yoki gidravlik parchalash uchun ishlatasizmi — u har doim bir xil, doimiy qumtepa va sohillarni hosil qiluvchi, sanab boʻlmaydigan mitti zarrachalar. Nega qum doim deyarli bir xil koʻrinadi? Nega shuncha koʻp qum sohilga borib qolgan?

Aslida dunyoning deyarli hamma qumi bir xil narsadan — mineral kvartsning mitti kristallaridan, kvarts esa Yer qobigʻidagi eng koʻp tarqalgan ikki elementi — kremniy va kisloroddan tashkil topgan. Agar siz biron marta ichida qum boʻlgan sendvichni tishlab koʻrgan boʻlsangiz, kvarts zarrachalari juda kichik va nihoyatda qattiq ekanini sezasiz.

Buning sababi esa quyidagidan iborat: kvarts kristallari yer yuzasidan ancha chuqurda erigan granit toshlar yoki magmaning soviyotgan tomchilaridan hosil boʻladi. Magma sovishi bilan minerallar turli haroratlarda qattiq tosh shaklidagi kristallarga aylanadi. Kvarts ularning eng soʻnggi hosilalaridan biri hisoblanadi. U soviyotgan toshda qolgan juda tor joylarda kristallanishga majbur va bu uning muayyan hajmda boʻlishini taʼminlaydi. Ammo oxirgi boʻlishning bir qator afzalliklari bor.

Ertaroq va issiqroq sharoitlarda shakllangan minerallar zaifroq kimyoviy tuzilishga ega. U kvartsdan tezroq, xuddiki zavq olovi taftida qurilgan munosabatlar uzoq vaqt davomida shakllangan chuqur rishtalar kabi barqaror boʻlolmagani kabi yemirilib ketadi. Zaif va ilk martadanoq hosil boʻlgan minerallar yemirilib ketishi bilan mustahkam kvarts zarralari toshdan qum shaklida ajralib qoladi. Kvarts qumi oqim va daryolar tomonidan supurib, dengizlarga olib kelingunga qadar uzoq vaqt oʻtadi. Baʼzan esa bu juda uzoq vaqt.

Daryoning qirgʻogʻiga yetganda tez oqayotgan suv birdan toʻxtaydi va yetilgan qum tushib qoladi. Kattaroq toshchalar va shagʻal oqimning boshida qolib ketadi. Loy va tuproq kabi kichikroq choʻkindilar esa susaygan oqim bilan sohildan uzoqroqqa ketib qoladi. Minglab yillar davomida daryolarning yoʻllari qirgʻoqdan pastga yoki yuqoriga suriladi. Qum uyumlarini toʻlqin hamda oqimlar tekis qumli sohillarga yoyish uchun tashlab ketadi.

Albatta, hamma sohillar ham sof kvarts qumidan emas va bunday qumlarning hammasi ham sohilga borib qolavermaydi. Biroq shunchalik koʻp sohil va qumlarning bir xilligi Yer qobigʻidagi eng koʻp uchraydigan moddalarning sovishi hamda kristallanishi jarayonining kimyoviy tarkibi, choʻkindilarning sekin siljib, dengiz tomonga oqish fizikasiga dalildir.

Ular tom maʼnoda vaqt qumlaridir.


Ushbu mavzuga doir video → youtube.com/watch?v=kIQ8SrOgTQM

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!