Chig‘anoq qanday paydo bo‘ladi?

Tirik mavjudotlar oʻz uyini istalgan narsadan qoyilmaqom qilib qura oladi.
Lekin suvosti mavjudotlari bu ishda moʻjizalar koʻrsata oladi: mikroskopik kokkolitoforlar, koral quruvchi suv oʻtlari va oʻzi uchun qurilish materiallarini sehrgardek yasab oladigan ulkan mollyuskalar. Bu mollyuskalar suvda erigan moddalar: kalsiy va karbonatni yigʻib olish orqali kalsiy karbonat yasab, undan qattiq chigʻanoqlar quradi.

Bu chigʻanoqlar tayyor boʻlishi bilanoq qayta erib, kalsiy va karbonatga ajralib ketmasligining sababi, okean suvi shundoq ham kalsiy va karbonatga toʻyingan. Shuning uchun minerallarning shakllanishi ularning erishidan ancha tezroq. Hech boʻlmaganda suv yuzasiga yaqin joyda, chigʻanoq quruvchilar yashaydigan qavatda shunday boʻladi. Ammo chuqurroq joylarda suv kalsiy va karbonatga unchalik toʻyinmagan va shu tufayli kalsiy karbonat osonroq eriydi.

Demak, oʻlik mavjudotlarning chigʻanoqlari dengiz tubida yigʻilib qoladigan sayoz qirgʻoqqa yaqin suvlardan farqli oʻlaroq, chuqur okeanda kalsiy karbonat boʻlinishni boshlaydigan, boʻsh chigʻanoqlar tubga yetmasdan erib ketadi. Bu erish chuqurligi dengiz suvida mavjud kalsiy va karbonatning konsentratsiyasiga bogʻliq. Agar uning darajasi baland boʻlsa, chigʻanoqlar kalsiy karbonat erishidan oldin chuqurroqqa choʻkadi. Agar konsentratsiya past boʻlsa, erish chuqurligi suv yuzasiga yaqinlashadi, yaʼni eng pastdagi harakatsiz chigʻanoqlar eriy boshlaydi. Ammo bu teskari aloqa zanjiridir: erigan chigʻanoqlar suvdagi kalsiy karbonatni koʻpaytiradi va boshqa chigʻanoqlarning erishini qiyinlashtirib, erish chuqurligini pasaytiradi.

Umuman olganda, chuqur okeanning kimyoviy tarkibi dengiz suvidagi kalsiy va karbonat konsentratsiyasini barqarorlashtiradi. Shuning uchun ham okeanning yuqori qismlari avval boshdanoq kalsiy va karbonatga toʻyingan hamda chigʻanoq qurish uchun mukammal boʻladi. Lekin shu joyda biz okeanning boshqa bir kalit qismi — atmosferaning kimyoviy tarkibini hisobga olishni unutdik.

Okean yuzasida kislorod va karbonat angidrid kabi gazlarning kichik proporsiyasi suvga erib tushadi. Erigan kislorod, masalan, dengiz mavjudotlariga nafas olish imkonini beradi.

Atmosferadagi gazlarning konsentratsiyasi koʻpaysa yoki kamaysa, okeandagi erigan gazlarning miqdori ham oshadi yoki tushadi. Agar okean oʻzini barqarorlashtirmaganida edi har qanday kiruvchi karbonat angidrid chigʻanoq quruvchilar uchun “yomon yangilik” boʻlardi. Chunki CO2ʼning koʻpayishi CO3ʼning kamayishini anglatadi.

Bu gʻalati eshitilishi mumkin, lekin kimyo shunaqa ishlaydiki, erigan CO2 molekulalari suv bilan birlashib, karbonat kislotani hosil qiladi. U esa karbonat bilan qoʻshilib, vodorod karbonatga aylanadi. Oddiy qilib aytganda, atmosferada karbonat angidrid koʻpaysa, okeandagi karbonat kamayadi. Bunda chigʻanoq hosil boʻlishi qiyinlashadi, hech boʻlmaganda biroz vaqtga.
Yetarlicha vaqtdan soʻng okeanning fizik va kimyoviy tarkibi erish chuqurligining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Dengiz tubidagi koʻproq chigʻanoqlar kalsiy va karbonatini suvga qaytarib, normal darajalarni qayta tiklaydi. Ammo okean bu barqarorlashtirish amallariga ulgurmay qoladigan hollar ham boʻladi.

Masalan, okeanga shunchalik koʻp karbonat angidrid qoʻshilganidan erish chuqurligi yetarlicha darajada koʻtarilsa, okeanning barcha qismidagi barcha chigʻanoqlar eriy boshlaydi. Biroq undanda xavfliroq narsa bor, bu — CO2 darajasining birmuncha vaqt okean kompensatsiyasiga qaraganda tezroq oʻzgarishi, oxir-oqibat barqarorlashsa va sirtda chigʻanoq paydo boʻlishiga imkon bersa ham, buni amalga oshirish uchun asrlar kerak boʻlishi xavfi. Bu vaqt ichida okeanning eng ajabtovur chigʻanoq quruvchilari yashaydigan yuqori qatlamlari unumsiz yerlarga aylanib qolishi mumkin.

“Mollyuskacha”siga aytganda, bu haqiqiy falokat boʻladi.


Ushbu mavzuga doir video → youtube.com/watch?v=BYzGbLLtrqQ


Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!