Qushlar qayerda qishlaydi?

XVI asrdan qolgan bu yogʻoch qoʻlyozmada baliqchilar muzlagan koʻldan qishlayotgan qaldirgʻochlarning katta toʻrini tortib olayotgani koʻrsatilgan.
Agar siz qishda qaldirgʻochlar qanday qilib koʻlning tagida qishlashi haqida eshitmagan boʻlsangiz, qaygʻurmang. Chunki ular bunday qilmaydi. Biroq minglab yil davomida qishlash qushlar kuz va bahor orasida qayerga yoʻqolib qolishini tushuntiradigan yetakchi nazariyalardan biri boʻlgan.

Boshqa bir nazariyaga koʻra, qushlar qishda butunlayga uchib ketgan, biz buni “migratsiya” deb ataymiz. Lekin odamlar qushlarning qayerga ketishi haqida biror tasavvurga ega boʻlmagan. Masalan, 1703-yildan qolgan risolada ular oyga uchib ketgan boʻlishi haqida yozilgan.

Migratsiya qilgan qushlar qishda qayerga ketishi haqidagi ilk tushunchalar 1900-yillarda daniyalik oʻqituvchining raqamlangan metall halqalarni qushlarning oyogʻiga oʻrnatib, ularni qoʻyib yuborish usuli bilan topilgan.
Tasmalangan qushlarning har biri qayta tutilishi yoki kuzatilishi xaritaga nuqta koʻrinishida tushirilgan va uzoq masofalik yer migratsiyalari Vengriyada tasmalangan oq laylak Janubiy Afrikada oʻlik holda topilganda isbotlandi. Ammo tasmalash tadqiqotchilarga faqatgina qushning migratsion yoʻlidagi alohida nuqtalarni koʻrsatadi, ularning orasida nima boʻlishini emas.

Tadqiqotchilar nihoyat bu yillik migratsiyalarni yaxshiroq tushuna boshladi. Bunga sabab AQShning Merilend shtatidagi oqboshli burgutga orbitada aylanayotgan sunʼiy yoʻldoshlarga signal joʻnata oladigan moslama oʻrnatgani boʻldi. Sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlari qoyilmaqom migratsiyalarni ochib berdi, masalan, kichik veretennik AQShning Alyaska shtatidan to Yangi Zelandiyagacha boʻlgan yillik parvozida 11 000 km masofani taxminan sakkiz kunda hech qanday toʻxtashlar qilmasdan bosib oʻtadi. Ammo sunʼiy yoʻldoshli kuzatuv moslamalarida katta cheklov mavjud: hatto zamonaviy texnologiyalar bilan ham yoʻldoshlarga signal yubora oladigan uzatuvchi moslamalar kichik sayroqi qushlar uchun ogʻirlik qiladi.

Bunga kichik yechim GPS yozgichlari edi. Ular signalni joʻnatish oʻrniga uni qabul qilgani tufayli kichikroq boʻlishi mumkin. Ammo ular ham eng kichik qushlar uchun ogʻirlik qilardi. Xayriyatki, olimlar ularga sunʼiy yoʻldosh kuzatuvi umuman kerak emasligini tushunib qoldi. Uning oʻrniga biz qushlarga mittigina yorugʻlik darajasini yozuvchi moslama, soat va xotira chipini oʻrnatishimiz mumkin. Ularning vazni umumiy olganda bir dona mayizga teng boʻladi.

Yengil yorugʻlik yozgichlar signal tarqatmaydi, shuning uchun maʼlumotlarni olish uchun qushlarni qayta ushlashimiz kerak boʻladi. Soʻngra qadimiy navigatsiya usullaridan foydalanib, qushning “sayohati” davomidagi har kunlik joylashuvini aniqlashimiz mumkin: har bir kunning uzunligi kenglikni bildiradi, Quyosh chiqishi va botishining oʻrtasidagi vaqt uzunlikni bildiradi.

«“Aqlli” geolokatorlar dunyoning eng tez migratsiyasini ham kashf etgan: vazni taxminan 170 gramm boʻlgan loyxoʻrak qushi Shvetsiyadan Markaziy Afrikagacha uch kun ichidagina oʻrtacha 96 km/soat tezlik bilan uchib boradi. Boshqa bir marafonchi migratsiya qushi bu — arktik chigirtchi. U har yili Arktikadan Antarktikagacha sayohat qilib, eng uzoq masofani bosib oʻtadi. Hisoblarga koʻra, jami olganda bu — 40 000 kilometr.» Ammo yorugʻlik darajasi geolokatorlaridan yaqinda olingan maʼlumotlarga koʻra, arktik chigirtchilar aslida har yili kuchli shamollardan foydalangani tufayli bundan ikki barobar koʻp masofani bosib oʻtadi. Bu ular hayoti davomida ikki yarim million kilometrni bosib oʻtib qoʻyishini bildiradi. Bu esa Oyga uch marta borib qaytishga yetarli masofa. Bilishimizcha, ular hali Oyga uchib borishga ulgurgani yoʻq.


Ushbu mavzuga doir video → youtube.com/watch?v=uskMGfgUuMU

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!