Nega sevimli ekinlarimiz tez o‘sadi va erta quriydi?

Har yili ekinlarimizning katta qismi nobud bo‘ladi. Buning sababi esa nafaqat ularni iste’mol qilishimizda, balki ekinlarning ko‘pchiligi har yili qurib qolishi bilan ham bogʻliq.

Ajablanarli jihati shundaki, yovvoyi tabiatdagi o‘simliklarning aksariyati bir yildan ko‘p va ba’zan undan ham uzoqroq yashaydi! Demak, nazariy jihatdan olib qaraganda bir yillik o‘simliklarning o‘rniga ana shunday uzoq umr ko‘radigan ko‘p yillik o‘simliklarni yetishtirsak, har yili ekin ekishga to‘g‘ri kelmasdi va tabiiyki, hayotimiz yengillashgan bo‘lardi. Shuningdek, biz ko‘p yillik o‘simliklarni ham ekamiz, lekin baribir asosan bir yillik o‘simliklarni yetishtirishga oʻrganganmiz, boisi ularning hayotdagi strategiyasi iloji boricha tezroq o‘sib, keyingi yil uchun urug‘lik berish yoki bug‘doy, makkajo‘xori, guruch va boshqa bir nechta ekinlar kabi insonlar isteʼmol qiladigan mahsulotlarning asosini tashkil qiluvchi hosilni yetishtirib berishdir.

Boshqa tomondan, ko‘p yillik o‘simliklar kuchli va mustahkam ildiz otib o‘sishi uchun birmuncha vaqt talab etiladi, bu ularga uzoq muddat davomida omon qolishga yordam beradi, ya’ni ular hosil berish uchun shoshilmaydilar. Bundan kelib chiqadiki, ko‘p yillik o‘simlikning hosil berishini uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo yovvoyi tabiatda ko‘p yillik o‘simliklarning strategiyasi odatda g‘alaba qozonadi, chunki ular ma’lum bir hududni egallab olgach, shu yerda mustahkam o‘rnashadi va bir yillik o‘simliklarning unib chiqishi uchun yetarlicha joy qoldirmaydi.

«Umuman olganda esa bir yillik o‘simliklar uchun ekin maydonlarini tozalash va ularning o‘sishiga imkon berish uchun olov kabi hodisa kerak.» Ammo odamlarda bir yillik o‘simliklarning mo‘l-ko‘l urug‘iga bo‘lgan ishtaha shunchalik kuchliki, butun sayyoramiz bo‘ylab ko‘plab dalalarni tozalashga tayyormiz va bir yillik o‘simliklar o‘zlari hech qachon unib chiqolmaydigan joylarda ham ularning o‘sishiga yordam berib kelyapmiz.


Ushbu mavzuga doir video → youtube.com/watch?v=xso5BxaBAbM&t=6s

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!