Shok nima?
Tibbiyotda shok nimani anglatadi? Shok haqida ma'lumot, Shok nima?
2 min
Bu nima?

Kishi nazorat ishida olgan bahosini koʻrib yoki baxtsiz hodisaga guvoh boʻlganida shokka tushishi mumkin. Ammo tibbiy nuqtai nazardan aytganda, bu shok emas! “Shok” soʻzi tananing faoliyati buzilgan holatni anglatadi. Bu holatda undagi jarayonlar sekinlashadi. Shok holatiga tushgan odam toʻsatdan yoki asta-sekin zaiflik yoki hushidan ketishga yaqin holatni his qilishi mumkin. U juda oqarib ketishi va sovib, ter bosishi mumkin. Terlash kuchayib, koʻz qorachig‘i kengayadi. Shok ruhiy holatning oʻzgarishi bilan birga kechadi.

U xavotir hissi bilan boshlanib, behushlik bilan yakunlanishi mumkin. Bularning barchasi qon aylanishi, shuningdek, qon bosimining pasayishi tufayli paydo boʻladigan shok alomatlaridir. Hushdan ketishda boʻlgani kabi miyaga keladigan qon ham oxir-oqibat behushlikka olib kelishi mumkin. Kapillyarlardagi qon yetishmasligi terining nega sovib ketishini ham izohlaydi.

Kishi yaralanib, koʻp qon yoʻqotgan boʻlsa, unda bu oʻz-oʻzidan shok holatiga olib kelishi mumkin. Ammo shok kuchli stress, kuchli hayajon, ogʻriq yoki kasallik, biron bir baxtsiz hodisa tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Shuni tushunish kerakki, u yoki bu sababga koʻra qon yaxshi aylanmaydi va natijada tanadagi muhim jarayonlar buziladi. Kishi shok holatida boʻlganida, qilinishi mumkin boʻlgan eng yaxshi narsa bu — shifokorni chaqirish.

Bemorni siljitmang, uni oʻtirgʻizing yoki boshi ostiga yostiq qoʻying. Agar hushini yoʻqotgan boʻlsa, chalqancha yotqizing va yordam kelguniga qadar uni isitishga harakat qiling.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!