Amneziya nima?
Amneziya haqida ma'lumot, Amneziya nima?
2 min
Bu nima?

Ora-sira gazetalarda oʻzining kimligini unutgan odamlar haqida xabarlar paydo boʻladi. Bu kishilar oʻtmishdagi hech kim va hech narsani, shu jumladan, oʻzining ismini ham eslamaydi. Biz bunday odamlarning amneziyadan aziyat chekishini aytamiz.

Hammamiz vaqti-vaqti bilan salbiy his-tuygʻularni boshdan kechiramiz. Biron bir sababga koʻra xafa, gʻazablangan, hafsalasi pir boʻlgan yoki qoʻrqib ketganimizni his qilamiz. Hissiy stressni boshdan kechirganimizda biz bilan nimadir sodir boʻladi. Masalan, eng oddiy narsa — qichqiramiz, qizaramiz yoki sovuq ter bosadi. Aslida bunday narsalar bizning xohishimizga bogʻliq boʻlmagan ravishda sodir boʻladi. Bular normal reaksiyalar deb hisoblanadi, chunki bu har qanday odam bilan yuz berishi mumkin.

Ammo odam hissiy stressga boshqacha taʼsirlanishi ham mumkin. Bezovta qilayotgan muammolarga yuzlanish oʻrniga, u oʻzini hech narsa bezovta qilmayotgandek tutishga harakat qiladi. Oʻzini hissiy stressdan himoya qilish maqsadida muammolardan qochadi. Bunday reaksiyaning bir turi amneziyadir. Kishi shunchaki oʻzini bu bezovta va taʼbni xira qilayotgan narsalar u bilan emas, balki boshqa birov bilan sodir boʻlayotganday tutadi. U oʻz tashvishini unutadi. Buni unutib, u tashvishlari bilan bogʻliq boshqa koʻp narsalarni ham, shu jumladan, ismini ham unutadi. Kishi shunchaki oʻtmishi haqida hech narsa eslay olmaydi.

Ammo hozirgi paytda u odatdagidek normal harakat qilishi mumkin. U boshqa har qanday odam kabi yashab, ishlashi va hech kimning eʼtiborini jalb qilmasligi ham oddiy hol. Baʼzan amneziya oʻz-oʻzidan chekinib, odam oʻziga keladi. Biroq koʻp hollarda bemorning tiklanishi uchun psixiatr yordami kerak. Qizigʻi shundaki, amneziya oʻtganidan keyin odamlar bu vaqtda oʻzi bilan sodir boʻlgan voqealarni eslamaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!