Ekstrasensor idrok nima?
Ekstrasensor idrok haqida eshitganmisiz?
2 min
Bu nima?

Siz biror hodisa sodir boʻlishidan avval vaziyat aynan shunday boʻlishini hech sezganmisiz? Teskari yotgan qarta qanday ekanini yoki qaysi raqam aytilishini oldindan taxmin qilganmisiz? Bunday qobiliyatga ega boʻlganlar koʻp uchrab turadi. Xoʻsh, ular buni qanday bajaradi? Ular bashorat qilish yoki ekstrasensor qobiliyatga ega deb hisoblanadi. Bu esa ularning odatdagi sezgilar kuchi yetmagan narsalarni ham payqashga qodir ekanini anglatadi.

25 yildan ortiq vaqt davomida Dyuk universiteti professori J. B. Reyn ekstrasensor idrok mavjudligini isbotlash va uni oʻlchash uchun tajribalar oʻtkazgan. Bu tajribalar bashorat qilish, telepatiya va oldindan koʻra olish qobiliyatini oʻz ichiga olgan. Bashorat qilish tajribalarida maxsus qartalar toʻplamidan foydalanilgan. Bu toʻplam turli xil belgilar — xoch, doira, yulduz, toʻlqinli chiziqlar va kvadratga ega besh xil qartadan iborat boʻlgan.

Tajribadan maqsad, ekstrasensor imkoniyatlarga egaligi taxmin qilingan odamlarni turli tartibda qoʻyilgan qartalarga qaramasdan, ularni aniqlashga majbur qilish boʻlgan. Agar toʻgʻri taxminlar soni oʻrtacha odam koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlsa, demak, bu odam ekstrasensor qobiliyatlarga ega ekanining isboti deb hisoblangan. Telepatiya tajribalarida esa inson qartalarni taxmin qilish tajribasini oʻtkazayotgan kishining fikrini oʻqishga harakat qilgan.

Kelajakni bashorat qilish tajribasida voqealar ketma-ketligini ular sodir boʻlishidan oldin shu qartalar va tangalar yordamida bashorat qilishga urinilgan. Bu tajribalar haqiqatan ham ekstrasensor idrok mavjudligini isbotlagani yoki aksincha ekanligi borasida koʻplab kelishmovchiliklar mavjud. Ammo natijalar faqatgina tasodifan sodir boʻlmasligi borasida ham asosli fikrlar mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!