Epilepsiya nima?
Epileptiklar kimlar? Epilepsiya haqida ma'lumot, Epilepsiya nima?
2 min
Bu nima?

Qadimda odamlar kasalliklarning mohiyati va ularning sababini tushunmagan. Shuning uchun ular koʻpincha muayyan kasalliklarga chalinganlarga nisbatan juda shafqatsiz munosabatda boʻlgan. Oʻrta asrlarda epileptiklar aqldan ozgan yoki jodulangan deb hisoblangan. Koʻplab buyuk odamlar va daholar epileptik boʻlganini bilasizmi? Ular orasida gersog Vellington, Rixard Vagner, Vinsent van Gog va Lui Gektor Berliozlar bor.

Epilepsiya — asab tizimi kasalligi. Epileptiklar toʻsatdan roʻy beradigan tutqanoqlarga moyil boʻlib, ularda konvulsiyalar deb ataladigan spazmlar kuzatiladi. Bunda kishi hushidan ketishi yoki komaga tushishi mumkin. Shifokorlar hali kasallik paytida nima roʻy berishi va konvulsiyalarga nima sababchi boʻlishini tushuntira olmaydi. Miyaning oddiy funksiyalari birmuncha vaqtga buziladiganga oʻxshaydi. Bunday kishilarning miya toʻqimalari kimyoviy oʻzgarishlarga juda sezgir va bunday oʻzgarishlar paydo boʻlganda, miya konvulsiyalarni keltirib chiqaradigan signallar yuboradi. Epilepsiyaga moyil boʻlgan kishi bunday reaksiyalarni boshdan kechirgan vaqtda, boshqa odamlarda ham xuddi shunday kimyoviy oʻzgarishlar yuz berishi mumkin. Lekin bu ularda bunday konvulsiyalarni yuzaga keltirmaydi. Bu kasallikning nasldan naslga oʻtishi ehtimoli bor.

Epileptik tutqanoq boshning shikastlanishi, yuqori isitma, miya moddasidagi oʻsma yoki chandiqlar, qon taʼminoti buzilishi va boshqalar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Epilepsiya miya shikastlanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Ammo epilepsiyaning aqliy rivojlanish bilan bogʻliqligi yoʻq. Epilepsiya bilan ogʻrigan odam nogiron yoki jamiyatdan surilgan kishi emas, balki oddiy odam deb hisoblanishi kerak. Epileptiklar normal hayot kechirishi — maktabga borishi, ishlashi, oila qurishi, bolalarini tarbiyalashi mumkin. Tibbiyot tutqanoqning oldini olish, sodir boʻlganda esa ularni nazorat qilish uchun kerakli dori-darmonlarni ishlab chiqmoqda. Bu dorilar odatda odamlarga uzoq yillar, hatto butun umr davomida beriladi. Shuning uchun ham ular normal va baxtli hayot kechirishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!